Toshkent shahar Mirobod tumanida erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aks etgan video tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Aniqlanishicha, holat 19-aprel kuni taxminan soat 12:50 larda 2005-yilda tug‘ilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod ko‘chasida uyiga qaytayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.
Uning orqasidan 1997-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi O.O. kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib, qo‘yib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida O.O. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Izoh (0)