• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olmaliqda qurilishi to‘xtatilgan uy haqida qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi: 9 qavatli uyning 3 qavati buzilishi mumkin

    Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birining qurilish talablariga rioya etilmasdan barpo etilayotgani, kelajakda bu uyda yashash inson hayoti uchun xavfli ekani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holatga munosabat bildirgan Qurilish vazirligi ushbu turar joy binosini qurishda “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgani-yu, geolog dalolatnomasi va zamin tuproq qatlami zichligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari to‘liq rasmiylashtirilmagan holda qurilayotganini bildirdi.

    “Daryo” jamoatchilikning ushbu ko‘p qavatli uyning kelajakdagi taqdiri nima bo‘ladi, uy imi-jimida foydalanishga topshirib yuborilmaydimi degan qator savollariga javob olish maqsadida ushbu qurilish obyektiga borib, quruvchi va qurilishga masʼul xodimlar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Video muallifining armaturalar ingichkaligiga eʼtiroziga javoban shuni aytamanki, loyihada o‘nlik armatura qo‘yilishi belgilangan bo‘lib, standart talab ham shu bo‘lgan. Qolaversa qurilish ishlari tugatilmagan va videoda chala ishlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, video muallifi beton judayam sifatsiz ekanini aytib, qo‘lda elanib ketayotganini aytgan. Aslida u ushlab ko‘rsatgan beton qoldiqlari qurilish ishlari paytida yuzaga kelgan beton qoldiqlari hisoblanadi. Aynan beton emas. Beton juda mustahkam quyilgan”, — deydi shu ko‘p qavatli uy quruvchisi bo‘lgan “Orient avto universal“ qurilish tashkiloti rahbari Umid Sevinchov.

    Umid Sevinchov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Quruvchining “Daryo”ga bildirishicha, u qurayotgan uyning kamchiliklari ko‘ringan videoni unga tanish va u bilan hamkorlikda ishlagan fuqaro tavsirga olgan.

    Talabga kavob bermasligi aytilgan 9 qavatli uy.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Bu videoni menga tanish fuqaro ancha avval tasvirga olgan. Va shu kunlarda tarqatdi. U uy xaridori emasdi. Men undan qurilishda kerak bo‘ladigan qurilish asboblarini olib turgandim. U berib turgan qurilish asbobining ijara narxini 80 million so‘m degach, bu qimmat arzonlashtiring degandim. Keyin naqd bo‘lsa 60 million bering degandi. Pulini bergandim”, — deydi videotasvirlar qanday tarqalganini aytgan quruvchi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Qurilish ishlarida texnik nazoratchi sifatida ishlagan Aziz Olovxonovning aytishicha, to‘qqiz qavat bo‘lib qad rostlagan uyning 8- va 9-qavatlari talabga javob bermaydi.

    Aziz Olovxonov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Mazkur ‘dom’ning 1–6-qavatlari talabga javob beradigan darajada qurilgan. Keyingi qavatlarda nazorat yo‘qolib, ishlar sifati buzilgan. Bu bo‘yicha biz quruvchini qayta-qayta ogohlantirganmiz. Avvaliga og‘zaki ogohlantirish berdik, keyin yozma tarzda ogohlantirib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni aytdik. Ammo amal qilinmagani sabab, bugungi kunda shunday vaziyat yuzaga kelgan”, — deydi Aziz Olovxonov.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Quruvchi Umid Sevinchov qurilishdagi kamchiliklar yuzasidan unga ogohlantirish berilganini, ammo kamchiliklarni bartaraf etmaganini tan oldi.

    Qurilishdagi kamchiliklar yuzasidan berilgan ogohlantirishlar.
    Foto: Aziz Olovxonov

    “O‘zim moliya sohasi mutaxassisiman. Qurilish ishlari bilan ikki yildan beri shug‘ullanib kelyapman. Bundan avval aholi uchun turar joy binolarini qurmaganman. Agar qurilish ishlari talabga javob berilmasligi aytilib, 7–8–9-qavatlar buzilishi kerakligini aytishsa, buzamiz, boshqa imkonimiz ham yo‘q”, — deydi quruvchi.

    Aniqlanishicha, mazkur uy qurilishi 2021-yil noyabr oyidan boshlangan bo‘lib, loyiha qiymati 10,5 milliard so‘mni tashkil qiladi. Turar joy binosining kv/metri aholiga subsidiya asosida 5 million 187 ming so‘mdan sotiladi.

    Toshkent viloyati qurilish sohasi hududiy inspeksiyasi inspektori Maʼruf Majidovning maʼlumot berishicha, mazkur obyektdagi qurilish ishlari boshlangan paytda qurilish ishlarini boshlash uchun talab etiladigan 11 turdagi hujjat masʼullar tomonidan tasdiqlanmagani bois, quruvchiga qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan.

    Maʼruf Majidov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Quruvchi belgilangan talablarni bajarmagani sabab 2023-yilning 14-mart kuni qurilishni to‘xtatib, tashkilot rahbarini maʼmuriy javobgarlik bo‘yicha 4,5 million so‘m miqdorida jarimga tortdik”, — deydi masʼul.

    Maʼruf Majidovning qo‘shimcha qilishicha, endilikda mazkur ko‘p qavatli uyning avvaliga zilzilaga bardoshliligi o‘rganiladi. Bino zilzilaga bardoshli deb topilgach, 7–8–9-qavatlarning kamchiliklari bartaraf etilishi lozim bo‘ladi.

    “Agar qo‘shimcha taʼmirlash ishlari orqali kamchiliklarni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, binoning talabga javob bermagan qavatlari buzilib, qayta quriladi”, — deydi Maʼruf Majidov.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Otabek Tillaxo‘jayevning “Daryo”ga bildirishicha, mazkur ko‘p qavatli uyning qurilishi vazirlik nazoratiga olingan bo‘lib, kelajakda odamlar hayoti uchun xavfsiz deb topilsagina qurilish ishlari davom ettiriladi. Masʼulning aytishicha, mutaxassislar fikriga qarab, mazkur bino tag-tugi bilan buzib tashlanishi ham mumkin.

    “Mutaxassislar qanday fikr bersa shunga amal qilinadi. Balki bino tag-tugi bilan buzib tashlanib, qayta qurilishi ham mumkin. Yoki pastki qavatlar talabga javob beradi degan xulosa berilsa, yuqori qavatlari buzilib, qayta qurilishi mumkin”, — deydi Otabek Tillaxo‘jayev.

     Otabek Tillaxo‘jayev.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Otabek Tillaxo‘jayevning maʼlumot berishicha, Toshkent viloyatida qurilish sifatini tekshiruvchi tashkilot nazoratida 3207 ta obyekt mavjud bo‘lib, nazoratchilarning har biriga 140-150 tadan obyekt to‘g‘ri keladi.

    Taʼkidlanishicha, Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil davomida 19635 ta monitoring tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, 801 ta obyekt egasiga maʼmuriy javobgarlik belgilangan. 8207 ta obyekt egasiga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ogohlantirish berilgan.

    20.04.2023, 14:40   Izoh (0)   6341
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirganlik o‘ta og‘ir jinoyatlar kategoriyasiga o‘tkazilmoqda” — Aziz Abduhakimov

    20.04.2023, 14:25

    Farg‘onada o‘tkazilgan yoshlar sayli va “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiridan fotoreportaj

    20.04.2023, 14:10

    O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirish uchun 59 mln dollar yo‘naltiriladi

    20.04.2023, 13:20

    Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    20.04.2023, 12:55

    Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi

    20.04.2023, 12:33

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    20.04.2023, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.