• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jasadlarga to‘lgan ko‘chalar va badbo‘y hid: Sudan poytaxti aholisi otishmalarga qaramay ketish uchun ko‘chaga chiqmoqda

    Sudanda 15-aprel kuni muntazam armiya va “Tezkor kuchlar” guruhi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan edi. O‘shandan beri 270 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 2 500 dan ortiq kishi jarohatlangan.

    Tomonlar xorijlik vositachilar tashabbusi bilan ikki kundan buyon tinch aholi va yaradorlarni Xartumdan xavfsiz evakuatsiya qilish uchun 24 soatlik sulh tuzishga urinmoqda, biroq har ikki tomonning bunga tayyor ekani haqidagi kafolatlariga qaramay hali sulh tuzilgani yo‘q.

    Foto: Getty Images

    19-aprel kuni “Tezkor harakat kuchlari” qo‘mondonligi kechqurun soat beshdan o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanini e’lon qildi va raqiblari ham shunday qilishiga umid bildirdi. Biroq mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan bir necha daqiqa o‘tib shaharda otishma ovozi eshitildi — bu sulh bo‘yicha muzokaralarga navbatdagi urinish ham barbod bo‘lganini anglatadi.

    Jangning beshinchi kunida ko‘plab tinch aholi shahardan o‘zlari chiqib ketishga qaror qildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik Xartumni mashinada tark etishga urinmoqda, biroq piyoda ketayotganlar ham bor. Guvohlarning qo‘shimcha qilishicha, otishmada o‘lganlarning jasadlari shahar ko‘chalarida yotibdi, ularni hech kim yig‘ib olmayapti, havoni badbo‘y hid tutib ketgan.

    Shahardagi yaradorlarga yordam berayotgan ko‘ngilli xartumlik shifokorning BBC’ga aytishicha, kasalxonadagi shifokor va bemorlar o‘t ostida qolgan, so‘ng u yerda qolish xavfli bo‘lgani uchun ketishga majbur bo‘lgan.

    Mustaqil tashkilot, Sudan shifokorlari markaziy qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, shahardagi 59 kasalxonadan 39 tasi ishlamayapti. Ulardan to‘qqiztasi bombardimon qilingan.

    Ba’zi davlatlar Sudandagi xodimlarini evakuatsiya qilish rejasi haqida gapirmoqda. Yaponiya allaqachon 60 nafar diplomatini otishma hududidan chetlashtirishni boshlagan.

    BMT, shuningdek, mamlakatdagi vakillari sonini tashkilot homiyligida ishlayotgan gumanitar xodimlarga nisbatan zo‘ravonlik avj olgani sababli qisqartirmoqchi. Bu haqda 18-aprel kuni BMTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha koordinatori Martin Griffits ma’lum qilgandi.

    AQSH esa, aksincha, xavfsizlik holati va Xartum aeroportining yopilishi hozirda evakuatsiyani boshlashga imkon bermaydi, degan fikrda. Davlat departamenti AQSH diplomatlari va xodimlaridan uyda qolishni va derazadan uzoqroq turishni so‘ramoqda.

    Mojaro nima sababdan boshlandi?

    Qurolli mojaro mamlakatning amaldagi prezidenti, muntazam armiyani nazorat qiluvchi general Abdul Fattoh al-Burxon va uning o‘rinbosari, “Tezkor harakat kuchlari” qo‘mondoni general Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi natijasida yuzaga kelgan.

    Ular 2021-yil oktabrda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga kelishgandi, ammo asta-sekin davlatni bu yo‘nalishda boshqarish bo‘yicha kelishmovchilikka bordi, fuqarolik boshqaruviga o‘tish taklif qilindi.

    Qarama-qarshilikning keskin bosqichi Dagalo 100 mingga yaqin odamni tashkil etuvchi “Tezkor harakat kuchlarini” butun mamlakat bo‘ylab joylashtirganidan keyin boshlandi, al-Burxon buni tahdid sifatida qabul qildi.

    Har ikki tomon Xartumdagi muhim obyektlar ustidan nazoratni qo‘lga olganini da’vo qilmoqda, ammo kim nimani nazorat qilayotgani hali noma’lum.

    Asosiy janglar shahar markazida joylashgan Xartum aeroporti hududida kechmoqda. U yer va boshqa bir qator joylardan osmonga muntazam qora tutun ko‘tarilmoqda. Ko‘chalarda og‘ir zirhli mashinalar kezib yuradi.

    18-aprel kuni mamlakatda jiddiy gumanitar inqirozning dastlabki belgilari paydo bo‘ldi. Kasalxonalarda dori-darmonlar, qon va kislorod yetishmay qoldi. Aholi oziq-ovqat va ichimlik suvi yetishmasligidan shikoyat qilmoqda. Doimiy otishma tufayli odamlar ko‘chaga chiqa olmayapti, aksariyat do‘konlar yopilgan. Poytaxtning ayrim joylarida suv va elektr ta’minoti uzildi. Talon-toroj qilish holatlari tez-tez kuzatilmoqda.

    20.04.2023, 16:23   Izoh (0)   12146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sudandagi mojaro qurbonlari 100 kishiga yaqinlashdi, ular orasida BMT xodimlari bor

    17.04.2023, 10:29

    Sudandagi mojaro: Yevropa Ittifoqi elchisi hujumga uchradi, Xartumda yondirilgan samolyotlar surati e’lon qilindi

    18.04.2023, 12:18

    NATO bosh kotibi kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto, video)

    20.04.2023, 14:45

    AQSH yadro tashiydigan qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi (video)

    20.04.2023, 13:50

    Video: Kiyev osmonida chaqnash kuzatildi. NASA bu Amerika sun’iy yo‘ldoshi, degan taxminlarni rad etdi

    20.04.2023, 13:10

    Parij jaziramadan eng ko‘p o‘lim kuzatiladigan Yevropa shahri deb topildi

    20.04.2023, 11:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.