• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati

    May-iyun sersuv, qip-qizil totli qulupnay pishib yetilgan vaqt. Uning qanchalik mazali ekanligini o‘zingiz bilasiz. Biz mutaxassislar va diyetologlar bilan birga uning boshqa foydali xususiyatlariga to‘xtalmoqchimiz, deb yozadi Marie Claire nashri.

    Qulupnay xotirani yaxshilaydi

    So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, qulupnay iste’mol qilish miyaning qarish jarayonini sekinlashtiradi, ya’ni uning funksional muddatini uzaytiradi, bu bizga uzoq vaqt davomida aql-idrok va kuchli xotirani saqlashga imkon beradi. Qizig‘i shuki, har kuni qulupnay iste’mol qilish qisqa muddatli xotirani yaxshilashini isbotlovchi tadqiqot ham mavjud. So‘nggi voqealarni eslab qolish qobiliyatining yomonlashishi Alsgeymer kasalligining boshlanishi bilan bog‘liqligini hisobga olganda juda muhimdir.

    Qulupnay ko‘rish qobiliyatini oshiradi

    Foto: Marie Claire

    Qulupnay nafaqat xotira, balki ko‘rish qobiliyati uchun ham foydalidir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qulupnayni har kuni iste’mol qilish ko‘z pardasi kasalliklari, katarakta, ko‘zlarning quruqlashishi, progressiv ko‘rlik va boshqa muammolarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Rezavorlarning noyob biokimyoviy tarkibi nafaqat ko‘rishning buzilishiga olib keladigan ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini oladi, balki mavjud kasalliklarni ham progressiv davolashga yordam beradi.

    Qulupnay antioksidantlarga boy

    Antioksidantlar organizmni erta qarishdan va jiddiy kasalliklardan himoya qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, qulupnay tarkibida ko‘p miqdorda fenolik birikmalar — antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan bioflavonoidlar mavjud. Qulupnayni har kuni iste’mol qilish organizmning turli tashqi zararli ta’siriga qarshi turish qobiliyatini oshirishi isbotlangan. Bitta muhim nyuans — mevaning rangi qanchalik to‘q qizil bo‘lsa, shunchalik antioksidantlarga boydir.

    Qulupnay ellagik kislota manbai hisoblanadi

    Foto: Marie Claire

    Ellagik kislota — hujayra siklining regulyatori bo‘lib, u ko‘pincha meva, yong‘oq va rezavorlar ekstraktlarida uchraydi. Ushbu modda saraton hujayralari mutatsiyasini to‘xtata olgani tufayli ancha mashhur. Ellagik kislota miqdori bo‘yicha barcha mahsulotlar orasida qulupnay uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu modda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, immunitetni mustahkamlaydi.

    Qulupnayda C vitamini miqdori ko‘p

    C vitamini yoki askorbin kislotaning asosiy manbalari limon va apelsin ekanligi ma’lum. Ayni paytda qulupnay ham bu moddaga boy mevadir. Bir hovuch qulupnayda bitta apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini mavjud. Shuni yodda tutish kerakki, faqat issiqxonada emas, balki quyosh nuri ostida o‘stirilgan yetilib pishgan qulupnayda bunday tarkib bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, bu vitamin muzlatilgan qulupnayda yangi uzilganida bo‘lgani kabi deyarli bir xil miqdorda saqlanib qoladi. Ammo murabbo va konservalangan qulupnayda yuqori harorat sabab vitamin yo‘qoladi.

    Qulupnay saraton kasalligining oldini oladi

    Bugungi kunda saraton va uning oldini olish usullarini o‘rganish uchun har yili yuzlab tadqiqotlar olib boriladi. Ulardan ba’zilari ma’lum oziq-ovqatlarni muntazam iste’mol qilish saraton rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi. Bu ro‘yxatga qulupnay mevasi kiritilgan. C vitamini, ellagik kislota, antosiyanin, kaempferol va boshqa foydali moddalarning yuqori konsentratsiyasi tufayli ushbu “berry” saratonning ayrim shakllarini rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qulupnayning bu xususiyatini tasdiqlovchi so‘nggi tadqiqotlar orasida Ogayo universiteti saraton tadqiqot markazining xulosasi bor.

    Qulupnay qomatga ijobiy ta’sir qiladi

    Foto: Marie Claire

    Birinchidan, shirin qulupnay past kaloriya hisoblanadi. 100 grammda atigi 33 kilokaloriya bor. Ikkinchidan, u past glisemik indeksga ega, ya’ni u yog‘larning organizmda to‘planib qolishini oldini oladi. Uchinchidan, uning tarkibida yog‘ni erituvchi moddalar mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tanlangan diyetaning samaradorligi unga kunlik qulupnay iste’molini kiritganlarda 24 foizga oshadi. Qulupnay tarkibida ko‘p bo‘lgan antosiyanin bu vazifani bajaradi.

    Qulupnay qonda qand miqdorini normallashtiradi

    Qulupnay qandli diabetga chalinganlar yeyishi mumkin bo‘lgan shirin mevalardan biridir. Har tomonlama noyob tarkibi, shuningdek, yuqori darajadagi fitonutrientlar tufayli u qondagi qand miqdorining keskin oshishiga hissa qo‘shmaydi. Bundan tashqari, uning so'rilishini sekinlashtiradi. Shu sababli diabet rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar uchun ham tavsiya etiladi.

    Qulupnay yurakka foyda

    Foto: Marie Claire

    Ushbu mevaning ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lish va rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Yuqorida bayon etilganidek, qulupnay turli xil vitaminlar va antioksidantlarga boy. Pishgan rezavorlarda magniy va kaliy ham uchraydi. Ikkalasi qon bosimini normallashtirishda, shuningdek, suyuqlikning turg‘unligidan hosil bo‘ladigan shishning oldini oladi.

    Allergiyaga moyil insonlarga qulupnay tavsiya etiladi

    Ajablanarlisi shuki, bunday bahsli meva har xil turdagi allergiya bilan og‘rigan odamlar uchun tavsiya etilganidir. Yillar mobaynida shu kabi muammolarga duch kelganlar yetilib pishgan, xushbo‘y, xushta’m mevadan uzoqroq turishi kerakmi? Yo‘q, noyob biokimyoviy tarkibi tufayli qulupnay yallig‘lanishni va allergiya bilan bog‘liq ayrim biokimyoviy reaksiyalarni bostiradi.

    Bundan tashqari, qulupnay bo‘lg‘usi onalarga ham tavsiya etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar ayol homiladorlik paytida qulupnay iste’mol qilsa, bolada qulupnayga nisbatan allergiya rivojlanish xavfi minimal bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • C vitaminiga boy bo‘lgan 11 ta mahsulot
    • Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar
    • Qishda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
    12.04.2023, 20:25   Izoh (0)   16964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yodning tabiiy manbai hisoblanadigan 13 xil oziq-ovqat mahsuloti

    12.04.2023, 11:40

    Nima uchun oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish umurtqa pog‘onasi salomatligi uchun xavfli?

    11.04.2023, 16:36

    Bolalardagi yuqori tana haroratini qanday tushirish kerak? 

    11.04.2023, 14:35

    Dunyodagi eng foydali mahsulot: zaytun yog‘ining siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari

    10.04.2023, 18:40

    Ko‘z salomatligini yaxshilash uchun muntazam ravishda qabul qilish kerak bo‘lgan 3 xil vitamin

    10.04.2023, 16:35

    Bosh og‘rig‘ini muntazam ravishda bee’tibor qoldirsangiz nima bo‘ladi?

    07.04.2023, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyun, 00:26

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda bo‘lib o‘tgan lavanda sayli

    O‘zbekiston | 12 iyun, 00:10

    Olimlar tirannozavrning yangi turini kashf etdi

    Dunyo | 11 iyun, 23:50

    Surxondaryo ekologiya boshqarmasi Kofrunda vodorod sulfidi gazi meʼyordan oshmaganini maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 23:35

    The Guardian: AQSH 30-sentyabrgacha USAID’ning xorijdagi vakolatxonalarini yopmoqchi

    Dunyo | 11 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 11-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 11 iyun, 23:05

    “Bolaligimda nay chalganman, musiqachi bo‘lishim mumkin edi” — Tramp

    Dunyo | 11 iyun, 22:50

    Xitoylik fuqarolar yoki kompaniyalarga yer ajratilishi haqidagi bayonotlar asossiz — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 22:40

    O‘zbekistonda Yaponiya xalqaro universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.