Qozog‘istonda Majilis deputatlari Oltoy Amanjol va Janarbek Ashimjonov bolalar va o‘smirlar o‘rtasida TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Ikki deputat bosh vazir o‘rinbosari Altay Kulginov va bosh prokuror Berik Asilovga tegishli so‘rov yuborgan.
“Voyaga yetmaganlar va o‘smirlar o‘rtasida cheksiz ko‘p videolarni taqdim etuvchi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlash kerak”, — degan deputatlar.
So‘rovda o‘smirlar o‘rtasida oxirgi paytlarda o‘z joniga qasd qilish va baxtsiz hodisalar tez-tez uchragani qayd etilgan. Bu maktabda, oilada, zamonaviy jamiyatda bolalarni tarbiyalash muammosi oqsoqlanganidan dalolat berishi keltirilgan.
“Turkistonda maktab o‘quvchisining o‘limi butun mamlakatni larzaga soldi. Bu bolani vahshiylarcha tepgan o‘smirlarning axloqsiz xatti-harakati natijasidir. Ust-Kamenogorskda qizni shafqatsizlarcha kaltaklagan o‘quvchi qizlarning jirkanch qilmishlari ham bor. Mana shular sababli ijtimoiy tarmoqni bloklash kerak”, — degan deputatlar.
Izoh (0)