Qashqadaryo viloyatida Cobalt va Spark avtomobillari to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga voqea guvohlaridan biri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat bugun, 10-aprel tongi soat 05:00 lar atrofida Qarshi-Chiroqchi yo‘lida sodir bo‘lgan.
“Bizga maʼlum bo‘lishicha, bir haydovchi uxlab qolgan, ikkinchisi esa katta tezlikda kelgan. Voqea joyiga tez yordam yetib kelganida portlash sodir bo‘ldi”, — deydi voqea guvohi bo‘lgan manba.
Qo‘shimcha qilinishicha, YTH oqibatida Spark haydovchisi vafot etgan.
“Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam tirik qolgan Cobalt haydovchisiga yordam bergan. Ayni paytda haydovchining ahvoli qanday, yo‘lovchilari bo‘lganmi, bunisi bizga qorong‘i”, — deydi manba.
Izoh (0)