Toshkent shahrining Mirobod tumanida ona-bola vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7-aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etgani aniqlangan.
Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalagan xabarlarda ona-bolaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 90 dan ortiq holat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishga va nostandart yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)