• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Janob hech kim”, “Hay-hay qizaloq” va Asal Shodiyeva ishtirokidagi boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    O‘zbek kino olamidagi bir-biriga o‘xshamas rollari bilan mashhur bo‘lgan aktrisa Asal Shodiyeva 6-aprel kuni 31 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan quyida aktrisa ishtirokidagi eng esda qolarli filmlar haqida ma’lumot beriladi.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Aktrisa, xonanda Asal Shodiyeva 1992-yilning 6-aprel sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Asal san’atga kirib kelgan ilk yillarida “O‘zbekistonim” nomli taronani ijro etgan. U Uspenskiy nomidagi musiqaga ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Keyinchalik Asal Shodiyeva aktrisalik sohasida o‘zini sinab ko‘rdi va aynan shu yo‘nalishda mashhurlikka erishdi. U kino olamidagi faoliyati davomida 30 ga yaqin filmda suratga tushgan.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    “Janob hech kim”, “Uchar qiz”,  “Uylanish”, “Hay-hay qizaloq”, “Majnun”, “Poyga”, “Vahshiy”, “Qaysar oshiqlar” aktrisa ijodidagi muvaffaqqiyatli filmlar hisoblanadi. Aktrisa kinodagi faoliyatida tanaffus e’lon qilganidan keyin “Soxta”, “Uchta so‘z” kabi taronalarini muxlislariga taqdim etdi.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Asal Shodiyeva 2016-yilning 5-iyun sanasida xonanda Shohruxxon bilan turmush qurdi. Juftlikning to‘yida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari, jumladan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Asilbek Nig‘matov, Botir Qodirov, Jahongir Poziljonov, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Shahzoda va o‘zbek shou-biznesining boshqa vakillari ishtirok etgan.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Asal Shodiyeva turmush qurganidan keyin kinofilmlarda suratga tushishni kamaytirdi va vaqtini oilaga sarfladi.  Ijodga qaytganidan keyin aktrisa turmush o‘rtog‘ining “Yurak”, “Gulim” taronalariga ishlangan videokliplarda suratga tushdi. Hozirda farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan Asal Shodiyeva xonandalikdagi ijodini ham davom ettirmoqda. 

    2020-yilning 3-sentabr sanasida Shohruhxon va Asal Shodiyeva ilk marta ota-ona bo‘ldi. Ular birinchi farzandiga Muhammadyusuf deb ism qo‘ygan. Oradan ikki yil o‘tib aktrisa yana bir bor ona bo‘lishini ma’lum qildi va ikkinchi farzandi Baxtiyorni Turkiyada dunyoga keltirdi.

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Quyida aktrisa ishtirokidagi eng yaxshi filmlar haqida ma’lumot beriladi.

    “Uylanish” filmi

    Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan 2009-yilda suratga olingan filmda Asal Shodiyeva hamkasbi Alisher Uzoqov bilan partnyor bo‘lgan. Ushbu filmda Asal Shodiyeva yaxshi ko‘rgan insonini sevgisi uchun kurashishga undaydi va sinovdan o‘tkazadi. Otasining haydovchisini yoqtirib qolgan qiz turli xil sinovlar bilan bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini qay darajada uni yaxshi ko‘rishini, murakkab vaziyatlardan qanday chiqib keta olishini bilib oladi. Kinokartinada Shohida Uzoqova, Matyoqub Matchonov, Xosiyat Husanova, xonanda Farruh Komilov va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Tomoshabinlar ushbu filmni haligacha sevib tomosha qiladi.

    “Uchar qiz”

    Aktrisa ishtirokidagi keying muvaffaqqiyatli film — “Uchar qiz” kinokartinasi hisoblanadi. Asal Shodiyeva bu filmda Adiz Rajabov bilan partnyorlikda rol ijro etgan. O‘zga sayyoralik qiz oddiy qishloqqa kelib, bir oilaning hayotini o‘zgartirib yuboradi. Har qanday dardni davolay olishi bilan tanilgan “shaharlik qiz” qishloqdagi ko‘plab insonlar hurmatini qozonadi. Biroq birgina insonning tuhmati bilan barchasi o‘zgarib ketadi. Filmning oxirida o‘zga sayyoralik qiz o‘z makoniga uchib ketib, yana qaytib keladi va Adiz Rajabov uni yoqtirib qoladi. Ushbu filmda Saida Rametova, Jumadulla Rametov va boshqa aktyorlar ishtirok etgan. Film rejissor Yolqin To‘ychiyev tomonidan 2014-yilda suratga olingan.  

    “Sevgi farishtasi” 

    “Sevgi farishtasi” filmi ham Asal Shodiyevaning ijodida alohida o‘rin tutgan loyihalardan biri. Kinokartinada Dilniyoz G‘afforov yaxshi ko‘rgan insonining qalbini zabt etish uchun harakat qiladi. Bu borada unga do‘sti yordam beradi. Kutilmaganda uning do‘sti avtohalokat sabab vafot etadi, biroq shundan keyin ham u ruh qiyofasida yaqin do‘stiga yordam berishda davom etadi. Dilniyoz G‘afforov yaxshi ko‘rgan insoniga, ya’ni Asal Shodiyevaga uning qalbini zabt etishida yaqin do‘sti ruh qiyofasida yordam berganini aytadi. Qiz bunga ishonmaydi va yigitdan xafa bo‘ladi, biroq kinokartinaning yakunida u Dilniyozning aldamaganini tushunib yetadi. Filmda Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Dilniyoz G‘afforov, Adiz Rajabov va boshqa aktyorlar ishtirok etgan.

    “Hay-hay qizaloq”

    “Hay-hay” qizaloq filmidagi rol Asal Shodiyevaning boshqa obrazlaridan tubdan farq qiladi. Aktrisa bu filmda erka, hayotda hech kimning gapi bilan ish tutmaydigan, o‘zidagi hech narsani yaxshi tomonga o‘zgartirishni istamaydigan obrazni gavdalantirgan. Birgina qilingan xato ish tufayli bobosi bilan qishloqqa jo‘nab ketgan qiz soxta sevgi tufayli hayotidagi ko‘p narsani yaxshi tomonga o‘zgartiradi va bir qancha sinovlarni boshdan kechiradi. Film yakunida u soxta sevgisini yo‘qotib, haqiqiysini, yomon insonlardan voz kechib yaxshilarini topadi. Bu film hayotdagi har bir qilingan tanlovni yana bir qayta o‘ylab ko‘rishga chorlaydi. Kinokartinada xonanda Munisa Rizayeva, Ubaydullo Omon, Umid Iskandarov va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Aktrisaning bu loyihadagi ijrosi salbiy bo‘lsa-da, tomoshabinlar uning ishtirokidagi bu filmni ham yaxshi kutib olgan.

    “Janob hech kim”

    2009-yilda suratga olingan “Janob hech kim” filmida aktrisa Asal Shodiyeva yana Alisher Uzoqov bilan partnyor bo‘ldi. Tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan filmda u kutilmaganda hayotiga kirib qolgan inson aslida uni aldaganini biladi. Barchasi kech bo‘lishiga bir bahya qolganda, yana voqealar boshqa tomonga o‘zgarib ketadi. U tanlagan inson hayotning ko‘plab qiyinchiliklarini boshdan kechirgan, onasiz voyaga yetgan inson bo‘ladi. Kinokartina yakunida juftlik baxtli hayot sari qadam tashlaydi. Loyihada Iroda Nosirova, Alisher Uzoqov, Madina Mumtoz, Gulchehra Eshonqulova va boshqa mashhur aktyorlar ishtirok etgan.

    “Poyga” 

    Asal Shodiyeva “Poyga” filmida oddiy oilada voyaga yetgan, oliygohda tahsil olayotgan qiz rolini ijro etgan. Aktrisaning bu loyihadagi partnyori — Yigitali Mamajonov. Filmda qiz otasi qidirayotgan qoidabuzarni yoqtirib qoladi, biroq yigit aslida kim ekanligini hammadan sir tutadi, bunga esa ota-onasining o‘limiga sababchi bo‘lgan jinoyatchining qilgan ishi, qasos olish niyati asos bo‘ladi. Filmda Matyoqub Matchonov, marhum aktyor Abdurayim Abduvahobov, Yigitali Mamajonov va boshqa aktyorlar ishtirok etgan.

    “Majnun”

    “Majnun” filmidagi jurnalist qiz roli ham aktrisaning qay darajada mahoratli ekanini muxlislarga ko‘rsatib berdi. U filmda ko‘p yillar oldin hech bir ma’lumotsiz yo‘qolgan mashhur futbolchini izlab topadi va u haqda loyiha qilishga qaror qiladi. Keyinchalik qiz rafiqasining vafoti tufayli majnunsifat ahvolga kelgan yigitni yaxshi ko‘rib qoladi va ko‘plab sinovlarni boshdan kechiradi. Hayotiga hech kimni kiritishni istamagan yigit qizni ranjitadi. Taqdirga tan berib, o‘z uyiga qaytib ketgan qizning hayoti kutilmaganda boshqa tomonga o‘zgarib ketadi. Bu kinokartinada Ulug‘bek Qodirov, Muhammadiso Abdulxairov, Ra’no Shodiyeva, Matyoqub Matchonov ham o‘z obrazlarini mahorat bilan gavdalantirgan.

    07.04.2023, 17:15   Izoh (0)   18131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ayol” seriali yulduzi kinoga qaytmoqda, Chag‘atay Ulusoy yangi loyihada suratga tushmoqda. Turk kinosi yangiliklari

    07.04.2023, 15:48

    Ilgari filmda odatiy hol bo‘lgan, lekin hozir tomoshabinni asabiylashtiradigan holatlar 

    06.04.2023, 09:06

    “Karib dengizi qaroqchilari” filmi qanday suratga olinganini aks ettiruvchi 8 ta qiziqarli va kulgili surat

    05.04.2023, 20:45

    DreamWorks kompaniyasi “Shrek-5” multfilmi ustida ish boshladi

    05.04.2023, 18:54

    Soch turmagi, ko‘ylak va makiyaj: Filmlar tufayli odamlar orasida juda mashhur bo‘lgan narsalar (foto)

    04.04.2023, 12:30

    “Oilamizdagi fojia bizni yaqinlashtirdi”. 48 yoshli Gollivud aktyori Bredli Kuper haligacha onasi bilan birga yashashi haqida

    03.04.2023, 19:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.