Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini Gabriel Rosadoga (26-16-1, 15 KO) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Boxeadores xabar qilmoqda.

Meliqo‘ziyev va Rosado o‘rtasidagi revansh jangi 22-aprel kuni Las Vegasdagi (AQSH) boks oqshomi kardidan o‘rin oladi. Bu oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (28-0, 26 KO) va Rayan Garsiya (23-0, 19 KO) o‘rtasida kechadi.
Bektemir Meliqo‘ziyev 2021-yil 19-iyunida Rosadoga qarshi ringga chiqib, bellashuvning 8-raundida ayanchli nokautni qabul qilib olgandi.
O‘sha jangdan keyin Rosado 3 bor ringga chiqib, barchasida (Mungia, Sheyn Mosli Junior va Ali Ahmedovga) ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Meliqo‘ziyev esa 4 ta jangda g‘alaba qozondi: Sergey Yekimov, Devid Zegarra, Sladan Janjanin va Ulises Siyerra mag‘lub etilgan.
Izoh (0)