O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda Mudofaa vazirligi hamkorligida “Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi tashkil etildi. Bu haqda “Vatanparvar” tashkiloti matbuot kotibi Laziz Bo‘ronov “Daryo”ga maʼlum qildi.
“Kalibr klubi” “Vatanparvar” tashkilotining texnik va amaliy sport turlari markazi qoshida tashkil etilgan. Nizomga muvofiq klubga faqatgina O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga a‘zo bo‘lgan (qurol olib yurishga haqli) fuqarolar qabul qilinadi. Shuningdek, niqoblanish, joyga moslashish, oriyentirlanish, qiyin sharoitlarda yashovchanlik borasidagi o‘z tajriba va ko‘nikmalarini harbiy xizmatchilarga o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari o‘tib borishi belgilangan.
Klub a‘zolari harbiy xizmatchilar ishtirokida qiyin sharoitlarga moslashgan holda uzoq masofalarga o‘q otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)