• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirildi: oylik qanday hisoblanishi, qo‘shni davlatlardagi vaziyat va mutaxassis fikri

    O‘zbekistonda Prezident farmoni bilan 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7 foizga oshirilmoqda. “Daryo” “eng kam ish haqi miqdori” tushunchasi, uning yillar davomida o‘zgarish ko‘rsatkichlari, buning aholiga ta’siri va Markaziy Osiyodagi vaziyatni o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    2019-yilning 1-sentabridan “eng kam ish haqi miqdori” tushunchasi bekor qilinib, uning o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori hamda bazaviy hisoblash miqdori joriy qilingan edi.

    Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori

    Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

    2019-yilning 1-sentabrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 634 880 so‘m miqdorida belgilangan edi. 

    Infografika: “Daryo”/ Bahora Sadirdinova

    Prezident farmoni bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2023-yil 1-maydan boshlab 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshiriladi. Demak budjet tashkilotida ishlovchi xodimlar oyliklari shuncha foizga oshadi.

    Bazaviy hisoblash miqdori 

    Bazaviy hisoblash miqdori quyidagilarni aniqlashda qo‘llaniladi:

    • soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
    • tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari miqdori, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini.

    2019-yilning 1-sentabrida bazaviy hisoblash miqdori 223 ming so‘m etib belgilangan edi.

    Infografika: “Daryo”/ Bahora Sadirdinova

    2023-yil 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga oshadi.

    Demak 1-maydan boshlab bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan to‘lovlar ham oshadi. Masalan, ma’muriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar. 

    Oyliklar qanday hisoblanadi?

    O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning 22 ta razryadi bor. Har bir razryadning oklad ish haqi turlicha bo‘ladi. 

    Foto: “Lex.uz”

    Aholi o‘zining okladi qancha bo‘lishini jadval asosida hisoblab ko‘rishi mumkin. Buning uchun razryad ro‘parasidagi koeffitsiyentni 920 ming (1-maydan 980 ming so‘m) so‘mga ko‘paytirish kerak.

    Masalan, 9-razryadda ishlaydigan xodimlarning oklad ish haqini hisoblansa — 1,755x920 000=1 614 600.

    Demak, 9-razryaddagi xodimlarning okladi — 1 mln 614 ming 494 so‘mni tashkil etadi.

    Oklad — bu ish beruvchi har bir to‘liq ishlangan oy uchun xodimga to‘lashi shart bo‘lgan qat’iy miqdor. Xodimning ish haqi okladga teng yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ish haqi o‘z ichiga oklad, bonus va premiyalarni oladi.

    Mutaxassis fikri

    “Daryo” bilan suhbatda shaxsi sir saqlanishini xohlagan ekspert shaxsiy kuzatuvlari asosida inflyatsiyaga asosan yuqori daromadli toifadagi odamlarning iste’molidagi xususiyatlar ko‘proq ta’sir qilishini ta’kidlaydi. 

    Masalan, uy-joy, mashina, energiya manbalari, oziq-ovqat va hokazo, chunki ular narxlar qanchalik oshmasin iste’molini ma’lum darajaga yetguncha to‘xtatmaydi. Bu esa kam ta’minlangan aholiga moddiy ne’matlarni xarid qilish uchun boy qatlam bilan raqobatlashish imkoniyatlarini pasaytiradi.

    Ekspertga ko‘ra, barchaga teng sharoitlar yaratish uchun davlat inflyatsiyani jilovlash va minimal, past maoshlarni indeksatsiya qilishi va uzoq muddatli strategiyalarda boylar maoshlari bilan farqini kamaytirib borish siyosatini yuritishi kerak.

    Infografika: “Daryo”/ Bahora Sadirdinova

    Albatta, makroiqtisodchilar minimal ish haqini x foizga oshishi inflyatsiyani x foizga oshishiga xizmat qiladi degan raqamlarni beradi, lekin ko‘pchilik manfaati ustun bo‘lgan demokratik jamiyatlarda aholining aksariyat qismi qaysi kventilda bo‘lsa ularning manfaati nuqtayi nazaridan siyosat yuritilishi kerak, O‘zbekiston sharoitida aynan quyi daromadli qatlam manfaatlari ustun qo‘yilishi kerak deb o‘ylayman.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fuqarolarning ish haqi oshirilishiga bildirgan salbiy reaksiyasi haqida:

    Fikrimcha, bu miqdor odatdagiday 10-15 foiz emas balki 7 foiz, u ham aynan minimal ish haki qiymatini atigi 6,5 foiziga tengligi (980.000/920.000*100%) shuningdek, may oyida oshiriladigan ish haki, pensiya, nafaqalarni mart oyida e’lon qilinishi oqibatidir.

    Qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

    Qozog‘istonda 1992-yildan buyon “eng kam ish haqi miqdori” tushunchasi amalda. 

    2023-yildan boshlab mamlakatda eng kam ish haqi miqdori oshirildi — 70 ming tenge ( 1,757 mln so‘m).

    Qirg‘izistonda esa eng kam ish haqi miqdori 2337 somni tashkil etadi (305 ming so‘m).

    Turkmanistonda esa 2023-yildan boshlab eng kam oylik ish haqi 1160 manat deb belgilangan. Bu ko‘rsatkich 3,778 mln so‘mga teng.

    Tojikistonda eng kam oylik ish haqi 536 somoniyga teng bo‘lib, u hozirgi kunda 560 ming so‘mga teng.

    Avvalroq O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaligi haqida ma’lumot berilgandi.

    03.04.2023, 17:50   Izoh (0)   55494
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir mln so‘mgacha oylik oladiganlar soni eng ko‘p: 2022-yilda rasmiy maoshlar qanday o‘zgardi?  

    21.02.2023, 14:29

    Eksport 23 foizga, import 135 foizga oshgan: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi so‘nggi yillarda qanday o‘zgardi? 

    03.04.2023, 15:52

    So‘nggi o‘n oy ichida eng past: mart oyida yillik inflyatsiya 11,7 foizgacha tushdi

    03.04.2023, 10:54

    O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar yana oshirilishi rejalashtirilmoqda

    01.04.2023, 00:03

    “Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi

    31.03.2023, 22:25

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda klasterlar tomonidan ishlab chiqarish 32 baravarga oshdi

    31.03.2023, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.