Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonning Hirot viloyatida “Tolibon” harakati ayrim aholini tarovih namozida qatnashmagani uchun kaltakladi. Bu haqda mahalliy manbaga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, kaltaklanganlar orasida bir qancha farmatsevt, do‘kondor va mahalliy aholi ham bor. “Tolibon” hozircha bu haqda hech qanday munosabat bildirmagan. Bungacha “Tolibon” Mozori Sharif shahar kengashi a’zolaridan ro‘zadorlar ro‘yxatini tayyorlab, ularga topshirishni so‘ragan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda “Tolibon” harakati ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqat narxini pasaytirishni buyurgandi. Buyruq asosida oltita mahsulotning narxi 18 dan 80 foizgacha arzonlashgan. 

19-mart kuni “Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘limi Navro‘z bayramini Sevishganlar kuni bilan tenglashtirgandi. “Tolibon” musulmonlarda faqat ikkita bayram: Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) borligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, “Tolibon” xabarida Navro‘z islomgacha bo‘lgan jaholatdan kelib chiqqani aytiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi