Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda ayrim fuqarolar yer va mol-mulk solig‘i haqida DSQ tomonidan yuborilgan xabarnomalarni firibgarlarning yana bir tuzog‘i sifatida qabul qildi. Qo‘mita bunga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soliq to‘lovchilar uyali telefonlariga 6079 raqamidan yuborilgan hisoblangan yer va mol-mulk solig‘i haqidagi xabarnomaning havolasiga bosilganda foydalanuvchi bank kartasidan pul yechib olinishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz.

Foto: DSQ matbuot xizmati

“Aslida Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 6079 raqamidan hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan yer va mol-mulk soliqlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni SMS ko‘rinishida yubormoqda”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mitaning bildirishicha, “Batafsil” yozuvidagi havola orqali to‘lov xabarnomasi yuklanadi. “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma (Play Market) ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari