Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turida “Arsenal” 1-aprel, shanba kuni “Lids”ni qabul qildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuv to‘liq londonliklarning ustunligida kechdi. Dastlab, 35-daqiqada Gabriel Jezus penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Benjamen Uayt londonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 55-daqiqada Jezus dublni rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng “Lids” hisobni qisqartirdi. 76-daqiqada Rasmus Kristensen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 84-daqiqada esa Granit Jaka hisobni yana yirik ko‘rinishga olib keldi.

Mikel Arteta shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 72 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”da 64 ochko mavjud. 


APL

29-tur bahsi

1-aprel, shanba

“Arsenal” – “Lids” 4:1

Gollar: 1:0 – 35 Gabriel Jezus (penalti), 2:0 – 47 Uayt, 3:0 – 55 Gabriel Jezus, 3:1 – 76 Kristensen, 4:1 – 84 Jaka.

“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Zinchenko (Tirni, 85), Jaka (Fabiu Vieyra, 86), Parti (Jorjinyo, 60), Edegor (Smit-Rou, 85), Trossard, Martinelli, Gabriel Jezus (Saka, 60).

“Lids”: Mele, Eyling, Streyk, Kox (Kuper, 74), Firpo, Kristensen, Roka, Harrison (Bemford, 85), Aaronson (Makkenni, 65), Sinisterra (Rodrigo, 65), Sammervill (Ryutter, 74).

Ogohlantirishlar: Kox (45), Bemford (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Jazirama yoz: issiq kunlarda o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradigan 10 ta tavsiya
Mahalliy
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
Sport
U-20 JCH—2023. Argentina va Angliya musobaqani tark etdi, Braziliya hamda Italiya chorak finalda