Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Asaka tumanida gashish giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 28-mart kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Marhamat tumanida yashovchi X.B. Asaka tumani hududida xolis xaridorga 1 kilogramm gashish giyohvand moddasini 8,6 ming AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiy viloyatida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lga olingani, Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan talabalar ushlangani, shuningdek, Samarqanddagi tungi klubda 10 mingAQSH dollarI evaziga giyohvand modda sotishga uringanlar qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?
Qo‘ziqorin
6 yoshli DJ bolakay ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Uning muxlislari orasida Stiv Aoki ham bor (video)
Mahalliy
O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi