Joriy yilning 27-28-aprel kunlari poytaxtda ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, dastlabki forumda dunyoning 56 mamlakatidan ikki mingdan ortiq ishtirokchilar — yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashgan.
Navbatdagi tadbir qatnashchilarining soni yanada oshishi kutilmoqda. Forum davomida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq bahs-munozaralari, panel muloqotlari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda ishtirok etish uchun www.iift.uz saytida 2023-yil 20-aprelgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Izoh (0)