Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tishga qaror qildi.

Foto: Getty Images

AS nashrining xabariga ko‘ra, fransuz “Madrid”da o‘ynash orzusini amalga oshirish vaqti keldi deb hisoblaydi. U yozdayoq klubni tark etishni istaydi, shu bilan birga parijliklar amaldagi shartnoma sabab, qo‘yib yubormasligini ham biladi.

Mbappe “Real” vakillariga 2024-yilda erkin agent sifatida jamoaga o‘tishini ma’lum qilgan. Kilian “PSJ” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish huquqiga ega, biroq futbolchini buni xohlamaydi.

24 yoshli futbolchining atrofidagilari so‘zlariga ko‘ra, uning “Real”ga o‘tishiga hech kim va hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi. Mbappe mavsum oxirida madridliklar safiga o‘tishini xabar qilish uchun “PSJ” xo‘jayinlari bilan uchrashishni reja qilgan. 

“Qaymoqranglilar” Kilianni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Agar futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilsa, “PSJ” bilan muzokaralarga hojat qolmaydi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)