Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining ikki tumani: Sergeli va Yangihayot tumanida 31-mart kuni tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Yuqori darxon” MFY, Navro‘z ko‘chasida joylashgan d-159 mm li o‘rta bosim gaz quvuriga, gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” va “Yangihayottumangaz” gaz taʼminoti bo‘limlari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli 31-mart kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan Sergeli tumani aholi isteʼmolchilari: Navro‘z, Yorqin hayot ko‘chalaridagi jami 528 ta uy xo‘jaliklarida, ulgurji isteʼmolchilari: 

  • Maktab – 1 ta;
  • MMT – 1 ta;
  • Novvoyxona – 4 ta;
  • Maishiy ishlab chiqarish korxonasi – 5 ta.

Yangihayot tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari: Navro‘z, Past darxon ko‘chalaridagi jami 250 ta uy xo‘jaliklarida hamda 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti to‘xtatiladi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘i yaqinida ikki tup chinor noqonuniy ravishda kesildi
Mahalliy
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda