Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy rahbari Si Szinpin urushga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Foreign Affairs xabar berdi.

Foto: EPA

Mart oyida bo‘lib o‘tgan Xitoy parlamenti va uning oliy siyosiy maslahat organining yillik yig‘ilishida Szinpin to‘rtta alohida nutqida urushga tayyorgarlik mavzusiga to‘xtalgan. Ulardan birida Xitoy rahbari o‘z generallarini “jang qilishga jur’at etishga” chaqirgani aytilmoqda.

Xitoy hukumati mazkur yig‘ilishda mudofaa budjetini 7,2 foizga oshirganini e’lon qildi, bu so‘nggi o‘n yil ichidagi ikki baravar ko‘p mablag‘dir. Mamlakat xorijdan don importiga kamroq qaram bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Pekin so‘nggi oylarda harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yangi qonunlarni e’lon qildi.

Shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab shaharlarda yangi bomba boshpanalarining qurilishi va butun mamlakat bo‘ylab “Milliy mudofaa safarbarligi”ning yangi idoralari tashkil etilgani ham ma’lum.

“Ziddiyat noaniq yoki muqarrar emas. Pekinda nimadir o‘zgardi va butun dunyo bo‘ylab siyosatchilar va biznes rahbarlari buni e’tiborsiz qoldirolmaydi. Agar Szinpin urushga tayyorlanyapman desa, uning so‘zini qabul qilmaslik ahmoqlik bo‘ladi”, — deb yozadi Foreign Affairs.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)