O‘zbekistonda 2023-yilda o‘qituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023-03-30 21.07.29.jpg)
Ma’lum qilinishicha, vazirlik tomonidan ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari to‘g‘risidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.
Izoh (0)