• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Muhammad Alining suv ostida tushgan mashhur surati tarixi: bokschi suzishni bilmasa ham basseynga tushgan

    Afsonaviy bokschi Muhammad Alining basseynda mushtlarini mahkam siqqan holdagi surati juda mashhur. Ushbu surat sport tarixidagi eng ajoyib va chiroyli kadrlardan biri. 

    Suv ostida suratga olish g‘oyasi Alining o‘ziga tegishli, biroq bu jurnalga yoqmagan

    1961-yil, Mayami. 19 yoshli bokschi Kassius Kley Sports Illustrated jurnali uchun ilk fotosessiyaga tayyorlanmoqda. Fotosessiyaga sabab — Rim Olimpiadasidagi oltin medal. Kley joylashgan mehmonxonaga (qora tanlilarning qolishiga ruxsat beruvchi kam sonli mehmonxonalardan biri) unchalik taniqli bo‘lmagan fotograf Flip Shulke tashrif buyuradi. Keyinchalik Kubadagi inqilob, Jon Kennedining so‘nggi kunlari uning obyektiviga tushadi va Shulkeni butun dunyo taniydi. 

    Shulke sportga oid fotosuratlarini ko‘rsatib, yosh bokschini suhbatga chorlaydi. Kleyni suv chang‘ichilari hayratga soladi va Shulke unga boks zarbalarini suv ostida olish taklifini beradi. Kassius fotografga doim basseynda jeblarni mashq qilishini, suv qarshiligi tufayli zarbalar kuchliroq chiqishini tushuntiradi. Shulke esa darhol akvalangni kiyib, kamerasini suv ostiga tushiradi. 

    “Kassiusning suv ostida turli zarbalarni mashq qilayotgani suratga oldim. Keyin uning suv tubida bokschi uchun ideal holatda turganini ko‘rib qoldim va zudlik bilan oltitaga yaqin kadr suratga tushirdim”, — yodga oladi Shulke. 

    Foto: Flip Shulke

    To‘g‘ri, o‘sha vaqtda bu suratlar Sports Illustrated uchun tushirilmagandi. Jurnal muharrirlari suv ostida suratga olish g‘oyasini yetarlicha baholay olmasdan, uni kulgili deb atagan va Shulkedan bokschilarni boshqa rasmga olmaslikni so‘ragan. Murosa sifatida muharrirlar fotosuratlarni Life jurnaliga sotishga ruxsat bergan, u yerda esa mashhurlikka erishgan hozirgi suratdan boshqa qolgan beshtasi nashrga beriladi. Bu Shulkeni qattiq xafa qiladi, keyinchalik uning o‘zi ushbu suratni e’lon qiladi. 

    Surat ostida Kleyning iqtibosi ham keltiriladi: “Meni ringdagi eng tezkor og‘ir vaznli bokschi deyishadi. Barchasi suv ostidagi mashg‘ulotlar tufayli”.

    Lekin bu faqatgina suratga tushish uchun ishlatilgan yolg‘onligi ma’lum bo‘ldi. Ali hayotida bir martagina suv ostida mushtlarini silkitgan. Lekin bokschilar uchun basseynda mashq qilish odatiy holdir: ushbu mashg‘ulotlar bo‘g‘inlar uchun foydali, mushaklardagi og‘riqni kamaytiradi va ringda muvozanatni saqlashga yordam beradi. Masalan, Entoni Joshua Aleksandr Povetkinga qarshi jang oldidan milliy tayyorlov markazi suzuvchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan. Deontey Uaylder esa hayotida umuman yugurmagani, suzish — organizmga ko‘proq foyda keltirishini ta’kidlaydi. 

    Ali bokschilarning odatiy suratlaridan farqlanib turish uchun barchasini o‘ylab topgan

    Hikoyaning tub burilishi Kley Muhammad Aliga aylanganidan so‘ng, Shulke bilan uchrashgach, sodir bo‘ldi. Ular birgalikda fotosuratlarni ko‘rib chiqdi va Ali suv ostida tushgan suratini ko‘rgach, Shulkega ko‘zini qisib qo‘ydi. Shundagina fotograf basseyndagi mashqlar shunchaki o‘ylab topilganini tushundi. “U murabbiyi bilan birgalikda buni o‘ylab topgan ekan. Ali, hattoki, suzishni ham bilmagan. U hammani aldadi va natijada ajoyib suratlar paydo bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, bu ishdan faxrlanaman”. 

    Yolg‘on 1990-yillarning oxirida fosh bo‘lgan va bu vaqt davomida suv ostida mashqlar, kundalik yugurishlar, sparringlar va shaxsiy mashg‘ulot lageri Muhammad Alining nega bunday zo‘r bokschi ekanligi sirining bir qismi edi. 

    Ammo Alining o‘zi hech qachon suv ostida tushgan suratiga izoh bermagan. Faqat uning murabbiyi Anjelo Dandi kulib, Ali sayoz basseynda yugura olishini ta’kidlagandi. Shulkening fikricha, yosh Ali o‘z imiji uchun doimo qayg‘urgan, u muntazam ravishda fotosessiyalarda qatnashishni istamagan bo‘lsa-da, butun dunyo xotirasida qoladigan suratga tushishni xohlagan. Shu tariqa Ali provokator va shoumenning ishini ko‘rsatdi va faqat bu keyinroq ma’lum bo‘ldi. 

    Foto: Flip Shulke

    Ali suv ostida juda qiyin vazifani uddalagan, chunki, mutaxassislarning fikricha, suv tubida suratga tushish oson emas: “Bu surat juda tabiiy. Suv ostida suratga tushish juda qiyin. Bir necha soniya bo‘lsa ham o‘zingizni muayyan holatda ushlab turish uchun mushaklarni kuchli nazorat qilish kerak bo‘ladi”. 

    Fotograf butun faoliyati davomida 300 mingdan ortiq suratlarni e’lon qilgan, biroq aynan Alining surati mashhurlikka erishdi. OAV vakillari Shulkedan faqat shu surat haqida so‘rardi. Suratning asl nusxasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va uni hali ham 26 ming yevroga xarid qilish mumkin. 

    Nega shu surat yodda qoldi? Fotograf bunga izoh beradi: “Bokschining boshi ustidagi suvda paydo bo‘lgan mavhum aksi, suvdagi mukammal pozitsiyasi, basseynga tushib turgan yorug‘lik, Kleyning sinchkov nigohi”.

    30.03.2023, 23:46   Izoh (0)   14398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida

    25.02.2022, 23:56

    Sport tarixidagi eng buyuk shaxsning so‘nggi g‘alabasi. Muhammad Alining halokatli revansh jangi haqida

    03.06.2022, 23:50

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali

    20.06.2022, 23:51

    U-17 Osiyo Kubogi—2023 ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston o‘smirlari guruhda Yaponiya bilan o‘ynaydi

    30.03.2023, 12:31

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov taekvondo bo‘yicha 9-dan qora belbog‘ sohibiga aylandi

    30.03.2023, 11:34

    Rasman: FIFA Indoneziyani U-20 Jahon chempionati mezbonligidan mahrum qildi

    30.03.2023, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.