• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Italiya kompaniyasi O‘zbekistonda qiymati 200 million yevrolik loyihani amalga oshiradi

    “Hududgaztaʼminot” AJ va Italiyaning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida mamlakat gaz taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish va ilg‘or xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bir qator bitim va shartnomalar imzolandi.

    Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan Pietro Fiorentini S.p.A. kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha SACE (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, HGT Training o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

    Taʼkidlanishicha, 2022-yil 22-oktabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tabiiy gaz taʼminoti tizimida gazni qazib chiqarishdan isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqich va jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

    Bugungi kunda, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan gaz taʼminoti tizimini raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan uch yilda Jamiyat tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”ni joriy etish loyihasi tabiq etilib, barcha isteʼmolchilarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatildi. Natijada, isteʼmolchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilib, ortiqcha ovoragarchiliklar, jumladan to‘lovlarni amalga oshirish uchun gaz taʼminoti idoralariga murojaat qilish va uzun navbatlarda turish, abonent daftarchalarini yuritish, hisoblagichlarni tekshiruvdan o‘tkazish, noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorliklar va gaz taʼminoti tizimidagi boshqa murakkab jarayonlarga chek qo‘yildi. Hozirda barcha xizmat turlari onlayn rejimga o‘tkazilib, isteʼmolchi va gaz taʼminoti idoralari o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik va shaffoflik taʼminlandi.

    Aholiga tabiiy gazni yetkazib berish jarayonida yo‘qotishlar hajmining kamayishi, zangori yoqilg‘idan oqilona foydalanish uchun aholi o‘rtasida energiyani tejamkor texnologiyalarning bosqichma-bosqich ommalashuvi, loyihaning naqadar samaradorligini ko‘rsatmoqda. Biroq, o‘tgan qish mavsumi gaz taʼminoti tizimida hanuz ko‘plab ishlarni amalga oshirish lozimligini yaqqol namoyon etdi. Anomal sovuq havo-harorati va gazning past bosimiga moslashmagan hamda maʼnan eskirgan ayrim hududlardagi gaz uskunalari ishdan chiqqanligi natijasida gaz sizib chiqish holatlari isteʼmolchilarda ko‘pgina noqulayliklarni yuzaga keltirdi.

    Kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ oldiga keyingi bir necha yilda 706,5 ming xonadon gaz taʼminoti tizimini ikki bosqichliga o‘tkazish va tabiiy gaz isteʼmol hajmi balansini avtomatik ravishda shakllantirish dasturini amaliyotga joriy etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, 381,3 kilometr yangi gaz tarmoqlarini qurish, 452,4 kilometr mavjud gaz quvurlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 5,4 mingta gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish, shundan 2,8 mingta yuqori bosimli inshootlarda telemetriya tizimini joriy etish, gaz taqsimlash tarmoqlarida — yuqori aniqlikdagi ultratovushli gaz hisoblagichlarini o‘rnatish yuzasidan vazifalar belgilandi.

    Italiya yetakchi kompaniyalari va “Hududgaztaʼminot” AJ o‘rtasidagi hamkorlik natijasida, mamlakat gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirishga qaror qilindi. Bunda, gaz jihozlari va qurilmalarini ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblangan Pietro Fiorentini S.p.A. kompaniyasi zamonaviy gaz tartiblash punktlari (GTP), bosim rostlagichlar, filtr va boshqa komponentlarni, Terranova S.R.L kompaniyasi tomonidan esa gaz tartiblash punktlarini masofadan monitoring va nazorat qilishga imkon beruvchi telemetriya tizimi yetkazib beriladi.

    Qayd etilishicha, Pietro Fiorentini S.p.A kompaniyasining 4 ta gaz taqsimlash punktlari tajriba-sinov tariqasida fuqarolarning eng ko‘p murojaatlari kelib tushgan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Kattahovuz” mahallasida joriy etildi. Natijada, ushbu mahallaning gaz taʼminoti tizimini tartibga solinib, 305 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash va real vaqt rejimida texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.

    2022-yil 8-sentabrda tashkil etilgan HGT Training o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi eng so‘nggi zamonaviy texnika va anjomlar bilan jihozlanadi hamda mashg‘ulotlarni o‘tish uchun xorijiy mutaxassislar taklif etilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda, mazkur markazda gaz taʼminoti sohasida ilg‘or taʼlim dasturlari va texnologiyalari asosida chuqur bilimga ega rahbar xodim va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi yaratilgan.

    30.03.2023, 19:31   Izoh (0)   3826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida kanallarni tozalash uchun ajratilgan 155 mln so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi

    30.03.2023, 19:23

    Parkent qishloqlarida sel kuzatilgani to‘g‘risidagi videolar o‘tgan yilgi bo‘lib chiqdi

    30.03.2023, 19:04

    Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi

    30.03.2023, 18:54

    O‘zbekistonda 36 turdagi oziq-ovqat va tovarlar importiga bojlar vaqtincha bekor qilindi. Buning ahamiyati nimada?

    30.03.2023, 18:23

    Mirzacho‘l tumani xalq taʼlimi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    30.03.2023, 18:18

    O‘zbekistonda aprel oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

    30.03.2023, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.