Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘sh viloyatida qalbaki Qirg‘iziston pasportlarini tayyorlash kanali aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, “Akipress” xabar berdi.

Xavfsizlik xodimlari tekshiruv davomida qirg‘izistonlik ayolni qo‘lga oldi. U ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotining ayrim aʼzolarining iltimosiga ko‘ra, terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga qalbaki Qirg‘iziston pasportlarini tayyorlamoqchi bo‘lgan. Ayol O‘sh viloyati aholini ro‘yxatga olish va pasportlashtirish organlaridagi aloqalari orqali soxta hujjat tayyorlashga uringan.

Uning yashash joyida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Qirg‘iziston fuqarosining 2 dona pasporti topilgan. Mazkur fakt bo‘yicha ayni paytda yuqoridagi pasportlarning tayyorlanishi va berilishi qonuniyligini aniqlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)