Lionel Messi otasidan “Barselona” bilan muzokara o‘tkazishni so‘radi
“PSJ” hujumchisi Lionel Messi otasida “Barselona” bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘ramoqda.

Xorxe Messi o‘g‘lining iltimosiga ko‘ra kataloniyaliklar prezidenti Xoan Laporta bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Leoning o‘zi esa “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi bilan aloqada bo‘lib turibdi. “Barselona” futbolchilari va xodimlari argentinalikning Ispaniyaga qaytishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Messi joriy mavsum Fransiya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta golga mualliflik qildi. 35 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar