• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Organizmdan ortiqcha suyuqlikdan xalos bo‘lishning tasdiqlangan 9 ta usuli

    Organizmda ortiqcha suyuqlik borligini qanday bilib olish mumkin? Suyuqlikni ushlab turishning eng sezilarli belgisi shishdir. Yuz shishadi, oyoqlarning to‘piq atrofi og‘irlashadi va hajmi kattalashadi, barmoq bilan bosganda halqalar hosil bo‘ladi. Ammo ortiqcha suv shish paydo bo‘lishidan ancha oldin paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

    Nima uchun organizm ortiqcha suyuqlik to‘planadi?

    Organizm turli sabablarga ko‘ra suvni ushlab qoladi. Bu ba’zan tabiiy va nisbatan zararsiz ham bo‘ladi. Masalan:

    • Hayz davri oldidan yoki homiladorlik;
    • Juda sho‘r ovqatlar iste’mol qilish odati;
    • Uzoq vaqt harakatsizlik. Masalan, samolyotda yoki avtobusda bir necha soat o‘tirishga to‘g‘ri kelganda, suyuqlik qo‘l oyoqlarning pastki qismida to‘planadi.

    Shuningdek, shish ba’zi dorilarning yon ta’siri bo‘lishi mumkin. Xususan, gipertoniya va diabet uchun buyurilgan dorilar, estrogenga asoslangan gormonal vositalar, steroidlar. Hatto, ibuprofenlar ham ba’zida suyuqlikni ushlab qolishga olib keladi.

    Ammo gohida shish quyidagi jiddiy holatlarga sabab bo‘ladi:

    • Surunkali yurak yetishmovchiligi;
    • Buyrak kasalligi;
    • Sirroz;
    • Surunkali venoz yetishmovchiligi;
    • Limfa tizimi bilan bog‘liq muammolar;
    • Uzoq muddatli protein yetishmasligi.

    Ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborish kerakmi?

    Sog‘lom odamlar uchun suyuqlikni ushlab qolinishi ko‘proq estetik muammodir. Hayz davridagi gormonal o‘zgarishlar yoki kechasi tuzlangan baliqni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan shish, odatda, bir necha kun ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Bu jarayonni tezlashtirish kerakmi yoki “va shunday bo‘laveradimi” o‘zingizga bog‘liq.

    Ammo shish muntazam, doimiy bo‘lib qolsa yoki allaqachon mavjud kasalliklar fonida paydo bo‘lsa, masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, bu holda ortiqcha suyuqlikdan xalos bo‘lishingiz kerak. Aks holda, ortiqcha suv yurak, buyraklar, tomirlar uchun qo‘shimcha yuk bo‘lib ahvolingizni yomonlashtiradi.

    Qachon shifokorga murojaat qilish zarur?

    Dunyodagi eng yirik tadqiqot va tibbiy markazlardan biri Mayo Clinic mutaxassislari tahdid qiluvchi belgilarni sanab o‘tadi. Agar ularni sezsangiz, imkon qadar tezroq tibbiy yordam olishga harakat qiling.

    • To‘satdan shish ko‘krak og‘rig‘i, nafas qisilishi, chalkash qisqa nafas olish bilan birga keladi. Bu o‘pka shishi yoki anafilaktik shokning belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday alomatlar kuzatilganda darhol 103 yoki 112 raqamini tering.
    • Shishgan joyning terisi shu qadar cho‘zilganki, u yaraqlab turadi. Yoki shishgan joyni bosgandan so‘ng paydo bo‘ladigan chuqurcha uzoq vaqt davomida qoladi. Bunday belgilarda bilan terapevtga murojaat qilib, u tomonidan tayinlangan tekshiruvlardan o‘ting.
    • Ko‘p vaqt o‘tirganingizdan so‘ng, oyoq shishadi, og‘riydi va bu holat uzoq vaqt davom etadi. Chuqur tomir trombozi shunday namoyon bo‘ladi. Terapevt, flebolog yoki qon tomir jarrohi bilan bog‘laning.

    Bundan tashqari, xavfli belgilar bo‘lmagan taqdirda ham davolovchi shifokorga holat yuzasidan uchrab qo‘ygan foydadan holi bo‘lmaydi.

    Organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan qanday xalos bo‘lish lozim?

    Ushbu usullar sog‘lom odamlarga mo‘ljallangan. Ammo shifokorlar ularni ko‘pincha surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga ham tavsiya qiladilar ( har qanday holatda ham davom etishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!).

    1. Tanani qizdiring

    Suyuqlikni ushlab turish ko‘pincha qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq. Qon ma’lum bir hududda turg‘unlashganda, bosim ko‘tariladi va namlik tomirlar devorlari orqali hujayralararo bo‘shliqqa siqib chiqa boshlaydi. Va shu joyda u to‘xtab qoladi.

    Suyuqlikning turg‘unligidan xalos bo‘lish uchun tanani yengil qizdirish kifoya. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va tanadan buyraklar orqali ortiqcha namlikni olib tashlashga yordam beradi. Terapevtingizdan qaysi mashqlar siz uchun eng samarali va xavfsiz bo‘lishini so‘rab oling.

    1. Yengil uqalang

    Yumshoq bosim bilan shishgan joylarni yurakka tomon uqalang. Bunday massaj to‘qimalardan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishga yordam beradi va keyin u qon oqimiga kiradi, so‘ng buyraklar tomonidan filtrlanadi.

    1. Oyoqlarini yuqoriga ko‘tarib yoting

    Haddan tashqari suyuqlik ko‘pincha oyoqlarning to‘qimalarida to‘planadi — oddiygina tortishish tufayli oyoqlarning pastki qismidagi tomirlarda qon oqimi murakkablashadi.

    Yotganingizda va oyoqlaringizni yurak darajasidan yuqoriga ko‘targaningizda (masalan, to‘piqlaringizni o‘ralgan qalin sochiq yoki yostiqqa qo‘ying), universal tortishish siz uchun ishlay boshlaydi. Qon yurak tomon oqadi tomirlar devorlariga bosim pasayadi, oyoqlarning pastki qismi to‘qimalaridagi suyuqlik qon oqimiga qaytadi.

    1. Mashq qiling

    Vazifangiz shu qadar faol harakat qilishki, natijada terlaysiz. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar mashg‘ulotlar bajarganda soatiga o‘rtacha 0,5 dan 2 litrgacha suyuqlikni yo‘qotadilar. Farqi organizmning individual xususiyatlari, yuk darajasi, atrof-muhit harorati va tanlangan kiyim bilan bog‘liq.

    Bundan tashqari, mashqlar paytida mushaklar ko‘proq suv talab qiladi va suv ularga atrofdagi to‘qimalardan keladi. Shunday qilib mashg‘ulotlar bir vaqtning o‘zida sizni shishdan qutqaradi.

    1. Siqib turuvchi uzun paypoqlar kiying

    Bu oyoqlarda qon aylanishini yaxshilash va suyuqlikni ushlab turishdan xalos bo‘lishning yana bir usulidir.

    1. Retseptsiz diuretikni qabul qiling

    Bunday vositalar buyraklar faoliyatini rag‘batlantiradi va tanadan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga yordam beradi.

    Diuretiklarning yon ta’siri borligini bilib oling. Shuning uchun ularni faqat terapevt bilan maslahatlashganidan keyin qabul qilish zarur.

    1. Sho‘r taomlardan voz keching

    Sho‘r ovqat organizmda suyuqlikni ushlab qolinishiga olib keladi. Bu fiziologik jarayon.

    Iste’mol tuzining asosiy elementi natriydir. Inson tanasining suyuqliklarida har doim uning taxminan bir xil miqdori mavjud. Erigan natriy (va boshqa elektrolitlar) konsentratsiyasi osmolyarlik deb ataladi. Inson sog‘lom bo‘lishi uchun u ma’lum, juda tor chegaralar ichida bo‘lishi kerak.

    Shuning uchun organizmga ko‘p miqdorda tuz tushganda, tanamiz ortiqcha natriyni suyultirish uchun suvni ushlab turishni boshlaydi.

    Suyuqlikni ushlab turishni qo‘zg‘atmaslik uchun JSST mutaxassislari kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilishni tavsiya etadi.

    1. Kaliyga boy taomlarni iste’mol qiling

    Ushbu mineral natriy konsentratsiyasini kamaytirish qobiliyatiga ega. Bu tanadan ortiqcha suvdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Jarayon qanday sodir bo‘lishini yuqorida batafsil bayon qildik.

    Amerika yurak assotsiatsiyasi kaliyga boy oziq-ovqatlarni sanab o‘tadi:

    • Bargli ko‘katlar, masalan, ismaloq;
    • No‘xat;
    • Kartoshka;
    • Qo‘ziqorinlar;
    • Banan;
    • Avokado;
    • Pomidor va pomidor sharbati;
    • Apelsin va uning sharbati kabi sitrus mevalari;
    • Olxo‘ri, o‘rik, boshqa danakli mevalar va ularning sharbati;
    • Mayiz va xurmo;
    • Yog‘ miqdori 1 foizgacha bo‘lgan sut;
    • Yog‘siz yogurt;
    1. Magniyga boy taomlarni iste’mol qiling

    To‘qimalarda suyuqlikni ushlab turish va unga hamroh bo‘lgan shish magniy yetishmovchiligi belgilari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ba’zida bu mineralga boy parhez ortiqcha suv bilan kurashishga yordam beradi.

    Quyidagi mahsulotlar magniyga boy sanaladi:

    • Yong‘oq va urug'lar;
    • Dukkaklilar;
    • Kletchatkaga boy donlar;
    • Kam yog‘li sut mahsulotlari;
    • Bargli ko‘katlar;
    • Qora shokolad.

    Mavzuga doir:

    • Och qoringa ichmaslik kerak bo‘lgan 4 turdagi ichimlik
    • Yuz shishib qolishining sabablari va undan qutulishning 9 ta samarali usuli
    • Ichimizdagi dushman: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga xalaqit beradigan uydagi 5 ta narsa
    27.03.2023, 20:55   Izoh (0)   8486
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?

    27.03.2023, 13:27

    Sog‘liqqa ziyon keltirmaslik uchun kalsiy va magniyni qay tarzda qabul qilish kerak?

    27.03.2023, 10:48

    Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?

    25.03.2023, 21:30

    Yashirin kasallik: demensiya haqida nimalarni bilish zarur?

    25.03.2023, 17:30

    Bo‘yin og‘rig‘i: nima uchun paydo bo‘ladi va og‘riqni bartaraf etish choralari

    24.03.2023, 15:50

    Uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan samarali usullar

    23.03.2023, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.