Ispaniya 3-divizionining 29-turidan o‘rin olgan “Kordoba” va “Ferrol” jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar futbolchisi maydonda hushini yo‘qotdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida “Kordoba” himoyachisi Dragisha Gudel hushini yo‘qotdi va maydonga quladi. Shifokorlar maydonga chiqib kelib, o‘sha yerning o‘zida Gudelga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Dragishaning yuragi urishdan to‘xtagan va uni hayotini saqlab qolish uchun ikki marta defibrillyator ishlatilgan.
Dragi Gudelj, irmão de Nemanja, desmaiou sozinho em campo e chegou-se a temer o pior, com os médicos a tentar reanimá-lo.
— B24 (@B24PT) March 25, 2023
Ao entrar para a ambulância, o jogador levantou-se e tentou voltar ao jogo 😳 pic.twitter.com/3lv0mNVby5
Shifokorlar Gudelni zambilga yotqizib olib ketayotganda, futbolchi o‘yinni davom ettirish istagini bildirgan. Biroq, unga ruxsat berilmagan. Uchrashuv esa davom ettirilmadi.
Hozirda 25 yoshli futbolchining ahvoli yaxshilangan.
Izoh (0)