AQSH Federal Depozitlarni Sug‘urtalash Korporatsiyasi (FDIC) Silicon Valley Bridge Bank’ning barcha aktivlari va depozitlarini First-Citizens Bank&Trust kompaniyasiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
First Citizens Bank AQSH hukumati tomonidan yaratilgan sanator banki bo‘lib, mart oyi boshida yopilgan Silicon Valley Bank aktivlari va depozitlarini o‘z zimmasiga oldi.
27-mart, dushanba kuni Silicon Valley Bridge Bank’ning barcha 17 filiali First Citizens Bank&Trust’ning bir qismi sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
10-mart kuni e’lon qilingan Kaliforniyadagi Silikon Valley Bank’ning (SVB) qulashi 2008-yildan beri AQSHdagi eng yirik bank inqirozi bo‘ldi.
SVBdan keyin Nyu-Yorkda joylashgan Signature Bank ham bankrot bo‘lib, bu AQSH tarixidagi uchinchi yirik bank inqiroziga aylandi.
Amerikaliklar bunday vaziyatning sabablaridan biri AQSH hukumati bank sohasini tartibga solish uchun yetarlicha harakat qilmayotganida, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)