Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida IIO xodimlarini haqoratlab video olgan erkak 10 sutkaga qamaldi.

Mazkur tumanda yashovchi fuqaro xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqoratli so‘zlar bilan tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan. Shundan so‘ng inspektorlar haqoratli so‘zlar sababli uning ustidan sudga murojaat qilgan. 

Sud jarayonida erkak aybiga to‘liq iqror ekanligini bildirib, barchadan qilmishi uchun uzr so‘ragan. 

Sud hukmiga asosan, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan BHMning 20 barobari jarima jazosi, 183-modda bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, 34-moddaga asosan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi hamda qamoq xarajati undirilishi belgilandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘i yaqinida ikki tup chinor noqonuniy ravishda kesildi
Mahalliy
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda