Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o’z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 23-mart kuni soat 17:00 larda 1990-yilda tug‘ilgan T.X. tortishuv sababli turmush o‘rtog‘i 1995-yilda tug‘ilgan T.D.ni urib tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng erkak 25-mart kuni 2016-yilda tug‘ilgan farzandi T.X.ni urgan, jabrlanuvchi hodisa oqibatida tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)