Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vengriyaning Wizz Air loukoster aviakompaniyasi 26-martdan Abu-Dabi—Samarqand—Abu Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshiradi.

Foto: Uzbekistan Airports axborot xizmati

Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ilgari aviatashuvchi ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.

Shuningdek, 2023-yil 18-apreldan boshlab Wizz Air Toshkentga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirilmoqda: reyslar har kuni amalga oshiriladi. Ayni paytda aviakompaniya O‘zbekiston poytaxtiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.

Wizz Air 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022-yil iyul holatiga ko‘ra, Wizz Air aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)