• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oyligim ming dollarga yetgan, endi 2-3 ming dollarlik daromadga intilyapman” – to‘rt shogirdi xalqaro olimpiadalarda sovrindor bo‘lgan o‘qituvchi hikoyasi

    O‘qituvchilik ulug‘ va mashaqqatli kasb. Ustoz berayotgan bilim insonlar, jamiyat va davlat kelajagiga bevosita taʼsir qiladi. Shu maʼnoda yangilanayotgan O‘zbekiston Konstitutsiyasida taʼlimga, xususan, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berilmoqda. Xususan, hujjatning 52-moddasida davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoyalashi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Taʼlimga eʼtibor ancha o‘zgargan”

    Bugun respublikada taʼlim sohasida yuqori yutuqlarga erishayotgan o‘qituvchilar ko‘p. Eʼtiborlisi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqdagi maktabda dars berish barobarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan ustozlar ham talaygina. Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab internetining matematika fani o‘qituvchisi Baxtiyor Abdiyev ana shunday o‘qituvchilardan.

    Muallim 2013-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2020-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” unvonlarini olgan. To‘rt nafar o‘quvchisi matematika fanidan xalqaro olimpiadalarda sovrindor bo‘lgan. Bundan tashqari, u umumtaʼlim maktablarining 10-sinflari uchun mo‘ljallangan “Algerba” darsligi hammualliflaridan biri sanaladi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashar ekan, Baxtiyor  Abdiyev respublikada so‘nggi 7 yil ichida taʼlimga eʼtibor ancha o‘zgarganini aytdi.

    Baxtiyor Abdiyev
    Foto: arxiv

    “Prezident o‘qituvchilar oylik-maoshini ming dollarga yetkazish to‘g‘risida bot-bot gapirmoqda. Yashirmayman, men bu dovonni allaqachon zabt etdim. Endi 2-3 ming dollarlik daromadga intilmoqdaman. Tasavvur qiling, faqat kundalik xarajatlarni qoplash haqida o‘ylab ishlagan vaqtlarimiz bo‘lgan. Bugun o‘qituvchi o‘z qaddini tiklab oldi, bu jarayon davom etishiga tilakdoshman”, – deydi u.

    “Matematika ham qiyin, ham qiziq”

    Baxtiyor Abdiyev suhbat davomida matematikaga bo‘lgan qiziqishi qanday uyg‘ongani, fanning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida ham gapirib berdi.

    “Otam qattiqqo‘l edi. O‘qishimizni qatʼiy nazorat qilardilar. Gap eshitmaslik uchun yaxshi o‘qishga harakat qilardik. To‘qqizinchi sinfda matematika fanidan tuman olimpiadasida g‘olib bo‘ldim. Olimpiada bahonasida matematika bilan jiddiy shug‘ullana boshladim. Garchi respublikaga o‘ta olmagan bo‘lsam-da, ancha-muncha toblandim. Dastlab o‘sha paytlarda mashhur bo‘lgan “narxoz” (Xalq xo‘jaligi instituti)ga kirmoqchi bo‘lganman, ammo yaqinlar ToshDU (hozirgi O‘zMU)ni maslahat berishdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘ldim. O‘zimni omadli talaba deya hisoblayman. Chunki universitetda Abdulla A'zamov , Shavkat Alimov, Shavkat Ayubov, Azimboy Saʼdullayev kabi zabardast olimlar bizga dars bergan. Biroz vaqt o‘tib, armiya xizmatiga jo‘nab ketdim.  Armiyada ham omadim chopdi. Chunki u yerda yaxshigina kutubxona bor edi. Grafiklar va sonlar nazariyasiga bag‘ishlangan ajoyib kitoblarni topdim va ikki yil davomida ilm bilan shug‘ullanishga ham ulgurdim. Baʼzilar matematikani o‘rganishda tushunishning, kuchli zehnning o‘zi yetarli deb hisoblaydi. Yo‘q, ushbu fan yaxshigina xotirani talab qiladi. Sonlar, ular bilan bog‘liq amallarni eslab qolish uchun kuchli xotira kerak. Eslab qolganimiz aslida bizning haqiqiy bilimimizdir”– dedi muallim.

    Foto: arxiv / Baxtiyor Abdiyev

    “Qattiqqo‘lman”

    Baxtiyor Abdiyevning aytishicha, u darslarni ko‘proq savol-javob tarzida o‘tkazadi va qattiqqo‘llik asosiy tamoyilidir. 

    “Dars payti hech kim shunchaki bir chetda o‘tirib, maʼruza eshitib ketmaydi.  Savol-javob uslubida o‘quvchi ham eshitadi, ham o‘zi misol yechib o‘rganadi va ko‘rib ko‘zi pishadi.

    Balki gaplarim noodatiy tuyular, lekin men uchun birinchi tamoyil bu  — qattiqqo‘llik.

    O‘quvchi yumshoqlikni to‘g‘ri qabul qilishi qiyin bo‘ladi va boshidan poydevor qiyshiq bo‘lib, noto‘g‘ri ketishi mumkin. Yoshlarni o‘yinqaroqlikdan, bekorchi narsalarni sevishdan qaytarish, ilm olishga rag‘batlantirishda metodika va kuchli tartib kerak. Dangasalik, befarqlik kabi illatlarni kechirib bo‘lmaydi, ularni faqat yo‘q qilish kerak.

    Ikkinchi tamoyilim — tartib-intizom. Matematika — aniq fan. Uning bittagina formulasini o‘rganmay o‘tkazib yuborsangiz, butun boshli misol va masalalarni yecha olmaysiz. Matematika quntni, tartibni va ziyraklikni talab qiladi. Daryodan bir marta oqib o‘tgan suvni qayta ushlay olmaysiz. Shu kabi bitta yaxshi o‘tilgan darsni ortga qaytara olmaysiz. Sababsiz ikki martadan oshiq darslarda qatnashmagan o‘quvchi men uchun juda katta narsa yo‘qotgan sanaladi”, – dedi o‘qituvchi.

    Baxtiyor Abdiyev
    Foto: arxiv

    Baxtiyor Abdiyev o‘quvchilarga imkon qadar sodda taʼlim berishga urinishi, faqat formulalar, raqamlardan gapirmay, o‘rganayotgan mavzuni hayot bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qilishini aytadi.

    “Chunki o‘quvchi robot emas. U matematika eng muhim kasblarning otasi ekanini, ertaga hayotida uni qo‘llay olishini tushunishini istayman.

    Yana bir muhim jihat — raqobat. O‘quvchi o‘zini eng yaxshi deb hisoblashi va qolganlardan o‘tishga doim intilishi kerak. Matematika musobaqalashish uchun juda qulay fan. O‘z tengdoshlari ichida tengsiz bo‘lish uchun uxlamasdan dars tayyorlagan o‘quvchilarimiz bor. Hatto bolasining ko‘p dars tayyorlashidan xavotir olib, oldimga kelgan ota-onalar bor”, deya so‘zlab berdi muallim.

    25.03.2023, 21:53   Izoh (0)   14407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda

    25.03.2023, 21:31

    O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    25.03.2023, 21:31

    Isteʼfodagi harbiy O‘zbekiston armiyasi kuchlilar safida ekanini aytgan bo‘lsa, marhum xizmatchining xotini eri vafotini esga oldi: Chirchiqda Konstitutsiyaviy tar...

    25.03.2023, 21:16

    Nukus voqealarida ayblanayotgan ikki shaxs sirtdan sudlanmoqda

    25.03.2023, 20:46

    Nukusdagi markaziy dehqon bozorida yong‘in yuz berdi (video)

    25.03.2023, 19:07

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i hibsga olindi

    25.03.2023, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.