• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moldovan tili endi yo‘q. Nima uchun Moldova o‘z tilini rumin tiliga o‘zgartirdi?

    Moldova prezidenti Mayya Sandu 22-mart kuni mamlakatning davlat tili nomini “moldovan”dan “rumin”ga o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bungacha til nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Moldova parlamenti tomonidan ma’qullangan edi. BBC Moldova hukumati nima uchun bunday qarorga kelgani va bu nimani o‘zgartirishini tushuntirib berdi.

    Mayya Sandu
    Foto: AFP

    “Men rumin tili shu yerda yashovchi va shu zaminni sevadigan barchamizni birlashtirishini istayman. Biz butun dunyo bo‘ylab 27 milliondan ortiq odam bilan birga Yevropa Ittifoqining rasmiy tillaridan biri bo‘lgan rumin tilida gaplashamiz”, — deb yozdi Sandu Facebook’da.

    Moldovan tili nomi mamlakat konstitutsiyasida, qonunlar matnlarida va barcha davlat hujjatlarida rumin tiliga almashtiriladi.

    Hukumat buni qanday izohlamoqda?

    Farmonni imzolaganidan so‘ng yozgan postida Sandu o‘nlab yillar davom yetgan moldovan va rumin tillari va xalqlarining bo‘linishini sun’iy hamda faqat uchinchi kuchlar uchun foydali deb bilishini aytdi.

    “O‘nlab yillar davomida biz, Moldova respublikasi fuqarolari, rumin tilida emas, moldovan tilida gaplashamiz, deb aytganlar faqat bir narsani ko‘zlagan: bizni bo‘lishni”, — deb yozadi prezident. “Buning sababi shundaki, millatni bo‘lganingizdan keyin uni bo‘ysundirishingiz va nazorat qilishingiz osonroq bo‘ladi. Bo‘lingan xalq o‘zini himoya qilishga qodir yagona kuch hisoblanmaydi. Bizni bo‘lmoqchi bo‘lganlar tilshunoslik haqida emas, Moldovani qanday qilib abadiy milliy janjal ichida qoldirish haqida qayg‘urishgan”.

    Kun davomida Sanduning posti 12 ming layk va 1,5 ming izoh to‘plagan, ularning aksariyati “Tabriklaymiz!” so‘zi bilan boshlanadi.

    Nega aynan hozir?

    Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi boshlanganidan buyon Ukraina va Ruminiya o‘rtasida joylashgan kichik Moldova o‘z xavfsizligiga chinakam tahdid his qilmoqda.

    Rossiya raketalari Ukrainadagi nishonlarga uchirilgan paytda Moldova havo hududiga bir necha bor bexosdan zarba bergan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan qaytarilgan rus raketalari parchalari Moldova qishloqlari hududiga ham tushgan. Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasini o‘qqa tutishi esa Moldovaning energiya ta’minotida uzilishlarga olib keldi.

    Bundan tashqari, Moldova rasmiylari Moskvaning mamlakatga nisbatan ritorikasini ochiq tahdid deb biladi va Kremlni Moldovada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblaydi. Mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda, uning ishtirokchilari Sandu hukumatini keskin tanqid qilib, Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Kishinyovda Sandu hukumati muxoliflarining norozilik namoyishi
    EPA

    Prezident Mayya Sandu G‘arbdan yordam olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. 2022-yilning iyun oyida Moldova Ukraina bilan birgalikda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod davlat maqomini oldi.

    Ayrim ekspertlarga ko‘ra, hozirgi vaziyatda davlat tili nomini o‘zgartirish Kishinyovning Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lgan qo‘shni Ruminiya bilan yaqinlashish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘lishi mumkin.

    Mamlakat aholisi bu o‘zgarishga qanday munosabat bildirmoqda?

    Ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha ming laykni aytmaganda, hukumat qarori Moldova jamiyatida deyarli hech qanday munosabatga olib kelmadi.

    Mamlakat aholisi uchun “rumin” iborasi 1990-yillardan beri barqaror bo‘lib qolmoqda. O‘sha paytda maktablarda milliy til darslari avvalgidek moldovan tili emas, balki rumin tili darslari deb atala boshlangan. Umumta’lim muassasalarining dasturlarida mamlakat tarixi “ruminlar tarixi” deb nomlangan.

    Ruminiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2009 va 2021-yillar oralig‘ida bir milliondan ortiq moldovaliklar Ruminiya fuqaroligini olgan — bu  mamlakat umumiy aholisining taxminan 39,5 foiziga teng.

    Oldingi davrda olingan Ruminiya pasportlarini hisobga olsak, bugungi kunda moldovaliklarning kamida yarmi Ruminiya fuqarolari.

    Jamiyatning aksariyati uzoq vaqtdan beri Ruminiya bilan chambarchas bog‘langan, shuning uchun Moldovada davlat tili maqomining o‘zgarishi mutlaqo tabiiy ko‘rinadi.

    O‘zgarishga kimlar qarshi?

    Mayya Sandu va parlament qaroriga muxolifat va millatchi guruhlar qarshi chiqdi.

    Moldova respublikasi Kommunistlar partiyasi rahbari, sobiq prezident Vladimir Voronin
    Sopa Images

    Muxolifat — asosan sotsialistlar va kommunistlar — bu kabi masalalarni hukumat koridorlarida emas, balki faqat xalq referendumi orqali hal qilish mumkinligini aytmoqda.

    “Parlament komissiyalarida so‘radim: Shtefan chel Mare (XV—XVI asrlarda Moldaviya knyazligi hukmdori) qaysi tilda gaplashgan? Moldavan tilida. Mixay Eminesku (XIX asrning ikkinchi yarmida yashagan shoir) qaysi tilda sheʼr yozgan? Moldavan tilida, u shu yerlik, moldovalik. Dimitriy Kantemir (XVII asrda Moldaviya knyazligi hukmdori) moldavan tilida yozgan”, — dedi Moldova respublikasi Kommunistlar partiyasi rahbari, sobiq prezident Vladimir Voronin Moldova matbuotiga bergan izohida.

    Mart oyi boshida, qonun loyihasi parlament tomonidan qabul qilinganiga ko‘p o‘tmay, Kishinyovdagi Konstitutsiyaviy sud binosi yonida til nomini o‘zgartirishga qarshi aksiya bo‘lib o‘tdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, unga yuzga yaqin odam kelgan.

    Ularning aytishicha, hukumat moldaviyaliklarning har biriga qolgan meros — ota-bobolarining tiliga suiqasd qilgan.

    Ruminiyaning reaksiyasi

    Buxarestdagilar Moldova hukumatining qaroriga ijobiy munosabatda bo‘lishdi va Kishinyovni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ishontirishdi.

    “Men Kishinyov parlamenti tomonidan rumin tili Moldova respublikasida rasmiy til maqomiga ega bo‘lgan qonunning qabul qilinishini olqishlayman. Tarixiy va ilmiy haqiqatning tan olinishi Prutning ikki qirg‘og‘idagi madaniyat va til mushtarakligini tasdiqlaydi”, — dedi Ruminiya bosh vaziri Nikolaye Chuka. 

    “Men Ruminiya Moldova respublikasiga Yevropa yo‘nalishida iqtisodiyotni rivojlantirish va uning barcha fuqarolari farovonligi uchun so‘zsiz yordam ko‘rsatayotganini yana bir bor tasdiqlayman. Ruminiya hukumati qo‘shni davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va barqarorligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlayman”, — deb yozdi u o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida.

    Moskvadagilar nima demoqda?

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanalida moldovan tili Moldova aholisining o‘zini o‘zi identifikatsiya qilish ramzi ekanini yozdi (postda Zaxarova mamlakatning sovetcha nomini ishlatgan — Moldaviya).

    “Moldovan tilini rad etgan Kishinyovdagi hozirgi rejimga bir savol tug‘iladi: hozirgi Bessarabiya (1940-yilgacha Ruminiya tomonidan bosib olingan) va Dnestr bo‘yidagi yerlar (1940-yilgacha Ukrainaning bir qismi bo‘lgan) kimga tegishli? Agar ular tilning nomini qayta yozmoqchi bo‘lsalar, tarixiy mantiqqa amal qilib, rumin tilini moldovan deb atashsin, aksincha emas”, — deb yozdi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, moldovan tili, paradoksal ravishda rasman faqat Dnestrbo‘yida saqlanib qolgan.

    “Gaplashadigan tilimizni nima deb atashni hal qilish o‘z suveren huquqimiz va bizga tarix saboqlari kerak emas. Biz Rossiya tomonini mamlakatimizning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi Moldova Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligining Zaxarovaga javob bayonotida.

    Rumin va moldovan: bitta tilmi yoki ikki xil?

    Ko‘plab zamonaviy tilshunoslarning fikriga ko‘ra, “rumin” va “moldovan” bir tilning turlicha atalishi (lingvonimlar).

    Moldavan tili ancha qadimiy bo‘lib, u rumin tilining asosi bo‘lib chiqadi. Uning adabiy versiyasi XVI—XVII asrlarda shakllana boshlagan va nihoyat XIX asrning ikkinchi yarmida shakllanib bo‘lgan.

    Ruminiya davlatini yaratish jarayoni 1859-yilda Usmonlilar imperiyasining vassal yerlarida ikki knyazlik — Moldaviya va Valaxiyaning birlashishi natijasida boshlangan. Buxarest tinchligi kelishuvi natijasida Usmonlilar imperiyasi Moldaviya knyazligining bir qismi — Bessarabiyani Rossiya imperiyasiga berishga majbur bo‘lgan. 1917-yilgi inqilobdan so‘ng Bessarabiya guberniyasi qisqa muddat mustaqil Moldaviya respublikasi bo‘ldi va 1918-yilda Ruminiya tarkibiga kirdi.

    1940-yil 28-iyunda Molotov—Ribbentrop paktining imzolanishi natijasida Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani SSSRga berishga majbur bo‘ldi, shundan so‘ng Moldova o‘nlab yillar davomida Moldaviya SSRga aylandi.

    25.03.2023, 14:00   Izoh (0)   18108
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yerga hafta oxirida ko‘p qavatli bino o‘lchamidagi asteroid yaqinlashmoqda

    25.03.2023, 11:53

    NATO Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    25.03.2023, 10:57

    Zelenskiy qurol-yarog‘ yetishmasligi sabab qarshi hujum boshlashning iloji yo‘qligini tan oldi

    25.03.2023, 09:47

    MDH davlatlaridan yana biri Putinni hibsga olishi mumkin 

    24.03.2023, 23:15

    “Daryo kundaligi”da 24-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    24.03.2023, 22:40

    Bu Ukrainadagi urushni tugatishi mumkin: Ispaniya Xitoyni tinglashga chaqirdi

    24.03.2023, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.