Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Baydenning fikricha, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq g‘oyasi juda bo‘rttirilgan. Bu haqda u Ottavada Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan qo‘shma matbuot anjumanida gapirdi.

Foto: EPA

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Kanada singari davlatlargina alyanslarni kengaytirmoqda.

“Ayting-chi, Xitoy Rossiya oldida muayyan muhim majburiyatlarni zimmasiga olganini aslida qanday ko‘ryapsiz? Ular iqtisodiy jihatdan qanday majburiyatlarni olishi mumkin?”, — dedi Bayden.

Ayni paytda jurnalist AQSH prezidentining so‘zini bo‘lib, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi oshganini aytdi.

“Ularning savdosi nima bilan taqqoslaganda o‘sdi?”, — savolga javoban so‘radi Bayden.

AQSH prezidentining ishontirib aytishicha, agar Xitoy va Rossiya chindan ham koalitsiya tuzsa, G‘arb yanada ko‘proq davlatlarni birlashtiradi.

“Men Xitoyga ham, Rossiyaga  ham yengil qaramayman. Lekin biz bo‘rttirib yubordik, deb o‘ylayman. Oxirgi uch oydan beri Xitoy Rossiyaga jiddiy qurollar bermoqchi, degan gapni eshityapman. Ular hali buni amalga oshirgani yo‘q. Bu ular hali bunday qilmaydi, degani emas, lekin hali qilgani ham yo‘q. Agar biror narsa yuz bersa, G‘arb ancha kuchliroq birlashadi”, — dedi Bayden.

Bu borada Bayden Xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot (Quad) mamlakatlari – AQSH, Avstraliya, Hindiston, Yaponiyani nazarda tutayotganini aytdi. U alohida ittifoqlar AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya ittifoqi, shuningdek, AUKUS uch tomonlama mudofaa formati: Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSH haqida gapirdi.

“Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Xitoy va Rossiya nima qilyapti, yanada yomonroq nima qilishi mumkin — buni yengil qabul qilmayman. Lekin bunga uzoqdan qarash kerak. Biz birlashgan koalitsiyamiz: AQSH va Kanada”, — dedi Bayden.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)