Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-mart, juma kuni Boliviyaga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 36-daqiqada Eldor Shomurodov urdi. Shu tariqa Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasidagi gollari sonini 34 taga yetkazdi va to‘purar Maksim Shatskixga yetib oldi. Eldor ushbu natijaga 62 ta o‘yinda erishgan bo‘lsa, Shatskixga 61 ta o‘yin kifoya qilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:
- Maksim Shatskix — 34
- Eldor Shomurodov — 34
- Mirjalol Qosimov — 31
- Aleksandr Geynrix — 31
- Server Jeparov — 25
- Odil Ahmedov — 21
- Igor Shkvirin — 20
- Igor Sergeyev — 17
- Jafar Irismetov — 15
- Ulug‘bek Baqoyev — 14.
Izoh (0)