Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi darvozaboni Otabek Boymurodov OFK tomonidan “Kelajak yulduzi” nomiga loyiq ko‘rildi.

Foto: OFK

OFK tomonidan muxlislar o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada Boymurodovdan tashqari Ali Jasim Aloibi (Iroq), Naoki Kumata (Yaponiya) va Kim Yon Hak (Janubiy Koreya) ham g‘oliblikka da’vogar edi.

So‘rovnomada Otabek 35,3% natija bilan birinchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda Jasim (29,5%), Kumata (29,5%) va Yon Hak (5,8%) joy oldi.

Otabek Boymurodov O‘zbekistonda o‘tkazilgan musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilgandi. 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi musobaqa davomida olti o‘yindan beshtasida o‘z darvozasi daxlsiziligini saqlab qoldi. Bundan tashqari Janubiy Koreyaga qarshi o‘tgan yarim final o‘yinidagi penaltilar seriyasida o‘z seyvlari bilan jamoaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari