• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Oltindan olingan daromad 2022-yilda oshgan: O‘zbekistonda rangli metallurgiya bilan bog‘liq vaziyat qanday?

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda rangli metallurgiyaning rivojlanish istiqbollarini tahlil qildi. 

    Foto: Mining 

    “Yashil iqtisodiyot”ga, ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda. O‘zbekiston rangli metallarning katta zaxirasiga ega bo‘lgani uchun o‘z qiyosiy ustunliklaridan foydalanishga intiladi.

    Keyingi yillarda O‘zbekistonda rangli metallarni qazib olish, qayta ishlash va ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Rangli metallurgiya tarmog‘iga iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida qaraladi. 

    O‘zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjud. Oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush — 24,6 ming tonna, mis — 21,3 mln tonnani tashkil etadi. 

    Rangli metallarning katta zaxirasi ularni qazib olish, qayta ishlash va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksportini o‘stirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. 

    Shu bois ushbu sektorda islohotlarni amalga oshirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    So‘nggi 6 yilda ishlov berish sanoatida metallurgiya sanoatining jismoniy hajmi ulushi 11 foizdan 24 foizga oshgani alohida e’tiborga molik. 

    2022-yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarish hajmi 97,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2016-yilga nisbatan 10 baravar ko‘pdir.

    2022-yilning yanvar—noyabr oylarida rangli metallar ishlab chiqarish hajmi ham o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarda mis va undan mahsulotlar ishlab chiqarish 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshib, 184 ming tonnani, rux va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 1,3 foizga o‘sib, 83,6 ming tonnani, qo‘rg‘oshin va undan tayyorlangan mahsulotlar esa 20 foizga kamayib, 8,1 ming tonnani tashkil etdi.

    Rangli metallar eksporti iqtisodiyotni salmoqli valyuta tushumlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda, 2022-yilning 10 oyi davomida mis eksporti 0,4 foizga oshib, 954 mln dollar, rux yetkazib berish 30 foizga ko‘payib, 213 mln dollar, qo‘rg‘oshin eksporti 39 foizga kamayib, 6,5 mln dollar, xorijga alyuminiy sotuvlari 10 foizga ortib, 48,6 mln dollarga teng bo‘ldi. 

    Shuningdek, 2022-yilning 11 oyi davomida oltin eksporti 14,2 foizga kamayib, 3,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

    To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, 2021-yilda tog‘-kon sanoatida TTXI hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 1,3 mlrd dollarga, 2023-yilda esa 1,5 mlrd dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda. 

    O‘zbekistonda investitsiyalarning eng katta qismi rangli metallurgiya flagmanlari korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (Olmaliq KMK) (64 foiz) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) (28,5 foiz) ulushiga to‘g‘ri keladi.

    Olmaliq KMK 

    Mazkur kombinat 1949-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali 98,8 foizi O‘zbekiston hukumatiga tegishli hisoblanadi. 

    Budjet daromadlarining 9 foizi Olmaliq KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi ikkinchi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi. 

    100 dan ziyod turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan kombinatda 35 ming kishi mehnat qiladi. Kombinatda 3 ta ochiq karer va 4 ta yer osti konlari, shuningdek, 5 ta qayta ishlash korxonasi va 2 ta metallurgiya majmuasi faoliyat olib boradi.

    Sulfidli, tarkibida oltin bo‘lgan va polimetall rudalarni qazib olish va boyitish, tozalangan mis, metall rux, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ular asosida ikkilamchi mahsulotlar va qotishmalar ishlab chiqarish Olmaliq KMKning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kombinat mamlakatda birlamchi mis yetkazib beruvchi yagona ishlab chiqaruvchidir.

    2021-yilda Olmaliq KMKning katodli mis ishlab chiqarish quvvati 148 ming tonna, oltin — 17 tonna va kumush — 196 tonnani tashkil etib, kompaniya daromadi esa 2,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi. 

    2022 yilda eksport hajmi 942,1 mln dollarni tashkil qildi.

    Navoiy KMK 

    1958-yilda tashkil etilgan ushbu kombinat Moliya vazirligi orqali 100 foiz O‘zbekiston hukumatiga tegishli. 

    Mamlakat budjeti daromadlarining 18 foizi Navoiy KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi, unda 58 ming kishi faoliyat olib boradi. 

    Korxonaning asosiy faoliyati oltin qazib olish va qayta ishlash bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi yiliga qariyb 80 tonna oltinni tashkil etadi. 

    Maydoniga ko‘ra dunyoda eng yirik hisoblangan Muruntov koni Navoiy KMKning asosiy resurs bazasi sanaladi.

    2022-yilning birinchi yarim yilligida Navoiy KMKning umumiy oltin savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 1,4 mln unsiyani tashkil etdi va shu orqali 2,6 mlrd dollar foyda keltirdi. 

    Oltindan olingan yillik daromad 11 foizga oshgan, bunda 4 foizi oltinning sotish narxi o‘sganiga, qolgan 7 foizi esa oltin savdosi hajmining ko‘payganiga bog‘liq bo‘ldi.

    Raqobat ustunliklaridan foydalanish

    Rangli metallarning katta zaxiralari bir qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun raqobatdosh ustunliklarni yaratadi, bu esa mamlakatning intensiv texnologik rivojlanishiga turtki beradi.

    “Yashil iqtisodiyot”ga ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda. 

    Bugungi kunda jahon bo‘yicha mis ishlab chiqarish unga bo‘lgan talabning o‘sishiga yeta olmayapti. 

    Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2030-yilga borib misga bo‘lgan talab 45 foizga o‘sib, yiliga 38 ming tonnaga yetadi, bu esa elektromobillarga bo‘lgan talabning ortishi va “yashil” tarmoq uchun infratuzilmaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda, ishlab chiqarish hajmi talabdan past darajada qoladi.

    23.03.2023, 15:27   Izoh (1)   8095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. kahramonkobilov0@gmail.com / 23.03.2023, 18:59

      Олмос казиб олинса хам халкка бир тийинлик фойдаси йук

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2023-yilda 14 ta samolyot sotib oldi

    23.03.2023, 12:06

    Yana bir kitob tarjimasi kutilmoqda: Toshkentda “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi (video)

    19.03.2023, 19:05

    O‘zbekistonda transport turlari yuk aylanmasi qanday o‘zgargani tahlil qilindi

    17.03.2023, 13:50

    Yevropa Markaziy banki asosiy stavkani yana oshirdi

    17.03.2023, 00:25

    Humo Air 2022-yilda 5,5 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

    16.03.2023, 23:30

    Qozog‘iston O‘zbekistonga 250 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beradi 

    16.03.2023, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.