• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Inqilobiy ixtirolar, “Mona Liza” jozibasi va oxiriga yetkazilmagan shedevrlar. Nikohsiz tug‘ilgan Leonardo da Vinchi taqdiri

    Leonardo da Vinchi — florensiyalik mashhur yuristning benikoh tug‘ilgan farzandi. U 1452-yili Florensiya yaqinidagi Vinchi shaharchasida dunyoga kelgan. Leonardo mashhur haykaltarosh, rassom va dizayner Andrea Verrokkyoning shogirdi bo‘lib, Florentina respublikasi va Vatikan uchun ishlagan. Turli xil faoliyat bilan shug‘ullangan daho dunyo darajasidagi yulduzga aylangan. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida da Vinchi haqida hikoya qiladi.

    Onasi haqida afsona

    471 yil oldin toskanalik bir inson kundaligida quyidagi yozuvlar paydo bo‘lgan: “15-aprel, shanba kuni kechki soat 03:00 da nabiram tug‘ildi, o‘g‘lim Pyero farzandli bo‘ldi. Bolaga Leonardo deb ism qo‘yishdi va uni rohib Pyero di Bartolomeo cho‘qintirdi”.

    Foto: Wikimedia Commons

    Kundalik muallifi notarius Mikele da Vinchining o‘g‘li Gvido da Vinchi edi. Ushbu oila uchun notarial ish bilan shug‘ullanish an’anaga aylangandi, Leonardoning otasi ham yurist bo‘lgan. Ammo onasi haqida ma’lumotlar juda kam. Faqatgina uni Katerina deb chaqirishgani ma’lum. Bunday ism ko‘pincha qullarga berilgani sabab u ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqargan. Xususan, Vinchi shahridagi Leonardo muzeyi direktori professor Alessandro Vetssozi Uyg‘onish davri buyuk dahosining onasi Konstantinopoldan Toskanaga olib kelingan qul degan versiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ammo 2017-yilda ushbu romantik afsonaga yakun yasalgan. Britaniyalik tarixchi Mertin Kemp Leonardo merosi va hayotini o‘rganish davomida Florensiya arxivida soliq hujjatlariga duch kelgan bo‘lib, unda Katerina di Meo Lippi ismli ayol ham qayd etilgan — aynan o‘sha Vinchi shaharchasida yashagan yetim dehqon qizidir.

    Leonardoning bolaligi o‘tgan uy
    Foto: Wikimedia Commons

    Leonardo iqtidorining o‘ziga xosliklari

    Leonardo da Vinchi Renessans davrining bazaviy bilimlarini egallagan va ulardan tabiatni tadqiq etishning deyarli har bir jabhasida foydalangan. U o‘zining barcha izlanishlari davomida matematik qoidalar mazmunini izlagan. Bu san’at, ilm-fan va texnologiya tabiatini o‘rganishning asosi hisoblangan. Har bir texnik imkoniyatni tabiat tuhfa etgan yangi “tana” sifatida qabul qilish mumkin edi. Leonardoning barcha ixtirolari tabiatning tuzilishini ilmiy tushunishga asoslangan edi. Ilgari hech kim bunday yo‘l tutmagan.

    Ta’kidlash kerakki, Renessans davrida ko‘plab ijodkorlar muhandis bo‘lib ishlagan. Masalan, Santa Mariya del Fyore soborining arxitektori Filippo Brunelleski zargarlikka o‘qigan, ammo uning mashhurlikka erishishiga aynan muhandislik kasbi sababchi bo‘lgan.

    Albatta, Leonardoda mexanizmlarni yaratishga qiziqish bo‘lgan, u Brunelleskining mashinalaridan xabardor edi. Florentina artistlari ham inson tanasining tuzilishini o‘rgangan, ammo Leonardo bu borada o‘zidan oldingilardan ilgarilab ketgan: u keng ko‘lamli fanlar bo‘yicha taʼlim olgan, birinchi navbatda antik davr, o‘rta asrlar va musulmon tabiat falsafasining tabiatni empirik o‘rganishda inson tushunchasi markaziga qo‘ygan jihatlarini o‘rgandi. Bu Xudo yaratgan ajoyib mukammallikni anglashning eng yaxshi usuli edi. Shu sababli umrining oxirida, 1519-yilda Leonardoni qirol Fransisk I xizmatida rassomdan ko‘ra ko‘proq donishmand sifatida hurmat qilishgan.

    Rassomning inqilobiy kashfiyotlari

    Leonardoning mehnatini hozirgi zamon o‘lchovchlari bilan o‘lchash — u qadar to‘g‘ri emas. Birinchi navbatda uning boshqalarga ta’sirini baholash kerak. Agarda uning texnologiya borasidagi qarashlari haqida gapiriladigan bo‘lsa, u murakkab avtomatizatsiya darajasini o‘zida jamlagan fuqarolik va harbiy muhandislikning ulkan imkoniyatlarini qamrab olgandi. Ammo ulkan mashinalar konstruksiyasi fantastik ravishda edi va faqat qog‘ozlarda qolib ketardi.

    Buyuk olimning barcha qo‘lyozmalari ham bugungi kunga qadar yetib kelmagan. Leonardo 1500-yilda Venetsiyada qurilgan daryo suvini nazorat qiluvchi shlyuzlarni yaratgani to‘g‘risida birgina dalil mavjud. Aftidan, bunday ixtirolar ko‘plab amalga oshirilgan, biroq ular shunchaki qayd etilmay qolib ketgan.

    Muhandislik sohasida eng muhim intellektual hissasi shundan iboratki, Leonardo birinchi bo‘lib mexanik qurilmalar tabiiy matematik qonunlarga muvofiq ishlab chiqilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan. Shuningdek, u birinchi bo‘lib alohida komponentlar, boshqa qurilmalarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan “mashina elementlari”ni ixtiro qilgan.

    Da Vinchi tomonidan ixtiro qilingan “tank”
    Foto: Wikimedia Commons

    Leonardoning ixtirolarida qandaydir noaniqliklar bor edi. Masalan, uning “tanki” joyidan siljishi dargumon hisoblanadi. Chunki yaqinda uning chizmalari asosida tiklangan maketda konussimon tom qismga ega ixtiro g‘ildiraklari turli tomonga aylana boshlagan.

    Oxiriga yetmagan shedevrlar

    Leonardoning suratlari qarshisida odamlar ta’zim qilardi, ammo unga yirik buyurtmalar juda kam tushgan. Sababi oddiy — daho rassom oxiriga yetkazilmagan ishlar bo‘yicha hozirga qadar rekordini saqlab kelmoqda. 29 yoshli ustaning birinchi katta buyurtmasi 1481-yilda San-Donato ibodatxonasidan “Jodugarlarga sajda” kartinasini chizish edi. Alohida shakllar va tana qismlarining ko‘plab eskizlarini chizish, ularni katta kartonga birlashtirish, o‘zgartirish, mutlaq mukammallikka yetkazish, bir marta, ikki marta, o‘n marotaba bo‘nak so‘rash… Oxir-oqibat u ishni yakuniga yetkazmagan. Shundan keyin unga ishni o‘z vaqtida yakunlamaydigan, hatto oxiriga yetkazmaydigan rassom tamg‘asi urilgan: “Leonardoning bu boradagi bilimi va g‘ayrioddiy qobiliyatlari u ko‘p narsalarni boshlab, hech narsani tugatmaganiga sabab bo‘lgan”.

    Hatto uning eng mashhur freskasi “Maxfiy kecha” ham “deyarli” yakunlangan hisoblanadi. Umuman olganda, Leonardo bunga uch yil vaqt sarflagan, aslida bu o‘lchamdagi freskani uch haftada chizish mumkin. Rassom kundaligidagi qaydlardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, u yakuniy mukammallikka intilishi uchun o‘zidan deyarli nafratlanganini yozgan.

    “Maxfiy kecha”
    Foto: Wikimedia Commons

    Leonardo da Vinchi mehribon, ammo ehtiyotkor va nafis odobli shaxs sifatida tasvirlangan. U o‘ziga e’tibor va g‘amxo‘rlik qilishda tirishqoq bo‘lib, soqolini doim ozoda saqlagan va zamonaviy urf-odatlarga mos kelmaydigan rang-barang liboslarda kiyinishi bilan mashhur edi.

    XVI asr yozuvchisi Giorgio Vasari Leonardoning pulga unchalik ahamiyat bermasligini, lekin do‘stlari va qo‘l ostidagilarga nisbatan juda saxiy ekanini taʼkidlaydi. U o‘ta qiziquvchan edi va boshqa fanlar qatori tillar, tabiiy fanlar, matematika, falsafa va tarixda bilimdon bo‘lish uchun ko‘p harakat qilgan. Uning kundaliklaridagi qaydlar vegetarian bo‘lganiga ishora qiladi. U aqlli odamlar bilan mavhum mavzularda bahslashishni yaxshi ko‘rgan.

    Dunyodagi eng mashhur kartina

    Agarda istalgan insondan “Dunyodagi eng mashhur kartina qaysi?” deb so‘ralsa, u birinchi navbatda “Mona Liza” deyishi shuhbasiz. Kartina 1503—1506-yillar oralig‘ida chizilgan. Terakdan ishlangan doskada ayol portreti tasvirlangan. Unga bog‘liq jumboq shu yerdan — ayolning kim ekanidan boshlanadi. Masalan, taniqli italyan rassomi Jorjo Vazari suratda florensiyalik ipak savdogarining rafiqasi Liza del Jakonda tasvirlangani haqida gapirgan. Bugungi kunda mazkur versiya eng asosiy hisoblanadi.

    “Mona Liza”
    Foto: Wikimedia Commons

    Daho Leonardo unda o‘z davrining barcha yangiliklarini birlashtirgan — modelni o‘sha davrga xos bo‘lmagan holatda o‘tirg‘izgan, nigohlarini tomoshabinga to‘g‘ri qaratgan, peyzaj va portretni birlashtirgan, shuningdek, sfumato texnikasi — bir-biriga noziklik bilan birlashtirilgan qatlamlar uslubida chizgan, bu predmetlarning biroz chaplanishini hosil qiladi. Uyg‘onish davri rassomlari kartinani juda yuqori baholagan. Hatto Rafael ham kartinalarida ayolning shu kabi o‘tirish holatidan ko‘p foydalangan.

    Mazkur kartinani qirollar ham yuqori baholagan. Fransiya qiroli Fransisk I Leonardoning o‘limidan biroz oldin uni sotib olib, Fontenblodagi qal’asiga ilib qo‘ygan. Bir safar kartinani ingliz qiroliga ham sotmoqchi bo‘lishgan. Biroq kardinal Rishelye fransuzlarni bu ishni qilmaslikka ko‘ndiradi.

    Kartina bir saroydan boshqasiga ko‘chib yurgan, oxir-oqibat Versalning qorong‘i burchaklaridan biriga joylashadi. Bir necha bor amalga oshirilgan omadsiz restavratsiyadan keyin kartina tundlashgan, undagi ustunlar yo‘qolgan, ayol esa qoshsiz qolgan.

    Biroq Buyuk fransuz inqilobi barchasini joyiga qo‘ygan. Kartina Luvrdagi eng mashhur asarlar qatoriga joylashtirilgan, Napoleon hatto uni yotog‘iga ilib qo‘yishlarini istagan. Ko‘p o‘tmay u yana Luvrga qaytgan. Luvrdagi kartinani mashhur morzyanka asoschisi Samyuel Morze payqab oldi. U taniqli rassom ham edi. “Luvr galereyasi” kartinasida Jakonda ham tasvirlangan.

    Yosh yozuvchi va shoirlar o‘z asarlarida Jakonda haqida yoza boshlagan. Teofil Gotye ismli shoir afsonaviy sirli tabassum haqida bong urgan. Bunga qadar unga hech kim e’tibor qaratmagandi.

    Taniqli yozuvchi Jyul Vern Jakonda Leonardoning ma’shuqasi bo‘lgani haqida afsonani yaratgan. Unga ko‘ra, ayol o‘zining qari savdogar eriga xiyonat qilgan. Ammo ta’kidlash kerakki, kartina chizilganida Leonardo ham keksayib qolgandi.

    Biroq hech nima yaxshi mojarochalik mashhurlik olib kelmaydi. 1911-yil 21-avgustda kartina o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyatda gumonlanib, bir necha kishi qo‘lga olinadi. Ular orasida kayzer Vilgelm ham bor edi. Birinchi jahon urushi boshlanish arafasi bo‘lgani sabab fransuzlar bu orqali ular o‘zlarining ustunligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi deb hisoblagan.

    Milanda da Vinchiga atab o‘rnatilgan haykal
    Foto: Wikipedia

    Ikkinchi gumonlanuvchi Pablo Pikasso bo‘lib, u ham jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, noma’lum shaxs antikvar kartinani Florensiyaga sotib olish taklifini bildirgan. Bu orqali u o‘zining vatanparvar ekanini, Napoleon tomonidan o‘g‘irlangan kartinani vataniga qaytarmoqchi ekanini aytgan. Ammo u kartinani da Vinchining o‘zi Fransiyaga olib borgani, bunga Napoleonning hech qanday aloqasi yo‘qligini bilmagan. O‘g‘ri kartinani tubida ikki bo‘lmasi bor chamadonda iflos paypoq va shimlar orasiga yashirib olib kelgan. Kartina o‘g‘risi Luvrda ishlagan va mahalliy qo‘riqchilarni yaxshi tanigan Vinchenso Peruja bo‘lib chiqqan.

    Leonardo da Vinchi xarizmatik edi va odamlarni doim o‘ziga oson ishontira olgan. Quyida da Vinchi haqida qiziqarli faktlarni keltiramiz:

    U maktabga bormagan. Leonardo barcha davrlarning eng innovatsion ixtirolari va g‘oyalari uchun mas’ul bo‘lsa-da, u hech qachon maktabga bormagan. Yosh Leonardoga o‘qish, yozish va boshlang‘ich matematika o‘rgatilgan, ammo boshqa vaqtda u faqat Toskana qishloqlarida erkin sayr qilib yurgan. Ayni paytda ochiq havoda Leonardo tabiiy dunyoni kuzatishni boshlagan. O‘z qo‘lyozmalarida u, ayniqsa, suvning xususiyatlari va yirtqich qushlarning qanday ta’qib qilishlari va ov bilan qiziqqanini ko‘rsatadi.

    “Da Vinchining hayoti va ijodi filmi”, 1971-yil
    Kadr: YouTube

    U benikoh tug‘ilgan. 1452-yil 15-aprelda Toskanada Anchiano qishlog‘i tashqarisidagi fermada dunyoga kelgan. Uning noqonuniy farzandligi otasining kasbiga ergashib, notarius bo‘lishga majbur emasligini anglatardi. Bu unga o‘z qiziqishlari ortidan borib ijodiy san’at bilan shug‘ullanishda erkinlik bergan edi.

    Leonardo murdalarni yorib ko‘rishni yoqtirgan. Agar siz Leonardoning biron bir anatomik chizmasini yaqindan ko‘rib chiqsangiz, u inson tanasi haqida chuqur bilimga ega bo‘lganini darhol anglaysiz. U inson tanasi qanday ishlashini o‘rganish uchun hayvonlarni ham, odamlarni ham yorib ko‘rish orqali bunday bilimga erishgan. Leonardoning anatomik chizmalarining aksariyati 1480-yillarda yaratilgan. Muskullar, mushaklar va qon tomir tizimlarining bu tasvirlari batafsil va nihoyatda aniq edi. Ko‘p hollarda bu muomalada bo‘lgan o‘ziga xos birinchi ko‘rgazmalar hisoblangan.

    “Da Vinchining hayoti va ijodi filmi”, 1971-yil
    Kadr: YouTube

    Uning durdona asari yo‘q qilingan. Ko‘pchilik “Mona Liza”ni Leonardo da Vinchining eng yaxshi asari deb biladi. Agar tarix biroz boshqacha bo‘lganida, Luvr markazida yana bir qancha kattaroq asarlar bo‘lishi mumkin edi. 1400-yillarning oxirida Leonardoga Milan gersogi otasining otda o‘tirgan 20 futlik haykalini yaratishni topshirgan. Leonardo haykalning eskizlari va maketi ustida 17 yil davomida ishlagan. Biroq 1499-yilda Milan fransuz armiyasi tomonidan bosib olingan va haykal yo‘q qilingan.

    U teskari yozgan. Leonardodan 6 ming sahifaga yaqin jurnallar meros qolgan. Bular uning g‘oyalari, ixtirolari va hatto oziq-ovqat ro‘yxati bilan to‘ldirilgan edi. Ajabo, bu jurnal sahifalarining ko‘pchiligi teskari tartibda yozilgan. Bu shuni anglatadiki, ularni faqat oynaga qaratib o‘qish mumkin edi. Leonardo o‘z ishini kodlash yoki shifrlashdan ko‘ra, dog‘lardan qochish uchun teskari yozgan deb o‘ylashadi. Buning sababi da Vinchi chapaqay bo‘lgan. Agar u chapdan o‘ngga yozgan bo‘lsa, u yozganlarini bulg‘ab, jurnallarini buzib qo‘ygan bo‘lishi kerak edi.

    Bill Geyts Leonardo da Vinchining daftarini sotib olgan. 1994-yilda Microsoft asoschisi va noyob kitoblar yig‘uvchi Bill Geyts Leonardoning daftarlaridan biri — Codex Leicester’ni 30,8 million dollarga sotib olgan. Bu kabi narx uni dunyodagi eng qimmat kitobga aylantirgan. 72 betlik daftar 1506—1510-yillar orasida yozilgan. U turli eskiz, diagramma va g‘oyalar xazinasidan iborat bo‘lib, ko‘pchiligi Yer, Oy va Quyosh o‘rtasidagi munosabatlar haqida edi. Ular barcha davrlarning eng mashhur daholaridan biriga nazar tashlash imkonini beradi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Leonardo mohir musiqachi edi. Leonardo hamma sohada mohir bo‘lgan bo‘lsa-da, musiqa borasida haqiqiy iqtidorga ega edi. O‘z qaydlariga ko‘ra, u musiqani tasviriy san’at bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblagan. Leonardoning zamondoshi Jorjio Vasarining so‘zlariga ko‘ra, “u hech qanday tayyorgarliksiz ilohiy darajada kuy chala olgan”. U, shuningdek, lira va nay chalar, ko‘pincha zodagonlar yig‘inlarida va o‘z homiylarining uylarida chiqish qilgan. Uning saqlanib qolgan qo‘lyozmalarida o‘zining asl musiqiy kompozitsiyalari bor va u faqatgina 2013-yilda paydo bo‘lgan organ-viola-klavesin asbobini ixtiro qilgan.

    U surunkali prokrastinator edi. Leonardo sermahsul rassom bo‘lmagan, bir-biriga o‘xshamagan qiziqishlari tufayli u ko‘pincha rasmlari va loyihalarini oxiriga yetkaza olmagan. Buning o‘rniga o‘z vaqtini tabiat qo‘yniga sho‘ng‘ish, ilmiy tajribalar o‘tkazish, odam va hayvonlar tanasini yorish, daftarlarini ixtirolar, kuzatishlar va nazariyalar bilan to‘ldirish bilan o‘tkazgan. Natijada unga tegishli faqat 15 tagina surat to‘liq holda bizgacha yetib kelgan.

    Da Vinchining ayrim ixtirolari chizmalari
    Foto: Wikipedia

    Uning g‘oyalari o‘z davrida hech qanday qadrga ega bo‘lmagan. U rassom sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan bo‘lsa-da, Leonardoning ilmiy g‘oyalari va ixtirolari zamondoshlari orasida unchalik katta qiziqish uyg‘otmagan. O‘z yozuvlarini nashr etish uchun hech qanday harakat qilmagan va faqat bir necha asr o‘tgach, uning daftarlari — ko‘pincha qo‘lyozmalari va “kodekslari” deb atalgan — ommaga taqdim etilgan. Ular sir saqlangani sababli ko‘pgina kashfiyotlari Uyg‘onish davridagi ilmiy taraqqiyotga unchalik ta’sir ko‘rsatmagan.

    Madonna Benois
    Foto: Wikimedia Commons

    O‘zining so‘nggi yillarini Fransiyada o‘tkazdi. 1515-yilda Fransiya qiroli Fransisk I unga “Qirolga bosh rassom, muhandis va me’mor” unvonini taklif qilganida, Leonardo Italiyani butunlay tark etgan. Bu unga Luar vodiysidagi Ambuaz qirol qarorgohi yaqinidagi Kio Lyuse nomli dala uyida yashab, bo‘sh vaqtlarida ishlash imkoniyatini bergan. Leonardo 1519-yili 67 yoshida vafot etgan va yaqin atrofdagi saroy cherkoviga dafn qilingan. Fransuz inqilobi paytida cherkov deyarli yo‘q qilingan, bu uning qabrining joylashuvini aniqlashni yo‘qqa chiqargan.

    23.03.2023, 15:56   Izoh (0)   11106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xizmatkordek ko‘rilgan rafiqa, ajrashish evaziga Nobel mukofoti va telba o‘g‘il. Eynshteynning birinchi baxtsiz turmushi

    05.03.2023, 08:45

    Doimo qarzda yurgan, 3 yoshidan musiqa chalishni boshlagan va o‘limidan keyin shishib ketgan Motsart. Buyuk bastakorning sirli o‘limi

    08.03.2023, 09:58

    Sevgi bobida chopmagan omad, do‘st uchun kesilgan quloq, vaqtdan o‘zib ketgan daho. O‘limidan keyin mashhurlikka erishgan rassom — Vinsent van Gog

    19.03.2023, 11:16

    Saakashvili davolanayotgan klinika unga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmoqchi

    23.03.2023, 15:48

    Germaniya va Fransiya o‘rtasida yadroviy energetika tufayli kelishmovchilik chiqdi — OAV

    23.03.2023, 14:50

    Hindiston hukumati O‘zbekistonda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan Marion Biotech litsenziyasini bekor qildi

    23.03.2023, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.