Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi zelandiyalik aktyor, “Yura davriga sayohat” filmidagi doktor Alan Grant roli bilan tanilgan Sem Nil unga III darajadagi qon saratoni tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Foto: “Yandeks.ru”

Aktyor 2022-yilning mart oyida shishgan bezlar bilan og‘riganini aytdi va oradan ko‘p o‘tmay unga angioimmunoblastik T-hujayrali limfoma tashxisi qo‘yildi.

U kimyoterapiya muolajasini olgan, biroq bu natija bermagan. Undagi saraton kasalligi remissiya bosqichida bo‘lsa-da, aktyor umrining oxirigacha har oy qabul qiladigan yangi kimyoterapiya preparatini boshladi. Shuningdek, Sem Nil davolanayotganida xotiralar kitobini yozish g‘oyasi paydo bo‘lganini aytgan.

“Umuman kitob yozish niyatim bo‘lmagan. Biroq yozishda davom etar ekanman, bu menga yashashimga sabab bo‘lganini angladim. Bu haqiqatan ham meni qutqardi, chunki hech narsa qilmay bundan o‘ta olmasdim”,— deydi aktyor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)