Yerni 26 va 27-mart kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tizimlari va dunyo bo‘ylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.
26-mart kuni K-indeksida 7 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda, 27-mart kuni esa bu ko‘rsatkich 6 darajani tashkil qiladi. Bu kunlar hatto sog‘lom odamlar ham salomatligidagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladi. Xususan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatni jamlashda muammolar, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi.
Avvalroq 6-mart kuni K-indeksida 6 darajada, 7-mart kuni esa 4 darajali magnit bo‘roni bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Magnit bo‘ronining salomatlikka ta’siri
Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
- holsizlik hissi.
Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.
Izoh (0)