Isroil samolyotlari Suriyadagi Aleppo xalqaro aeroporti yaqiniga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Suriya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, hujum O‘rta Yer dengizidan amalga oshirilgan.
“Isroil mahalliy vaqt bilan soat 03:55 da O‘rta Yer dengizi tomonidan bir necha raketa zarbalari berib, Aleppo xalqaro aeroporti hududiga hujum qildi”, — deyiladi xabarda.
Hujum oqibatida Suriya aeroporti moddiy zarar ko‘rgan. Isroil tomoni hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi. Suriya Transport vazirligi yetkazilgan zarar tufayli Halab xalqaro aeroporti faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Barcha reyslar Aleppodan Damashq va Latakiya aeroportlariga yo‘naltirilgan. Hujum oqibatida uchish-qo‘nish yo‘lagi va navigatsiya uskunalari zarar ko‘rgan.
Izoh (0)