Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qo‘shmachilik qilib, fuqarolardan 60 ming so‘m olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 17-mart kuni IIB xodimlari tomonidan maxsus tezkor profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Natijada Pamo‘za mahallasida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan B.M. yashash xonadonida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib bergani aniqlangan. Ayol buning evaziga ulardan 60 ming so‘m olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)