Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida yashovchi erkak xotini va uch farzandini otib tashladi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Getty Images

“Tolibon” politsiyasining Nangarhordagi vakili ma’lumotni tasdiqlab, hodisa Sarhrud tumanida sodir bo‘lganini aytdi. Erkak o‘ziga o‘q uzishidan oldin dastlab rafiqasi, qizi va ikki o‘g‘liga o‘q uzgan. Hodisa oqibatida ayol halok bo‘lgan, bolalar esa yaralangan. Yana bir manba erkakning ismi Amrulla bo‘lib, u o‘z oila a’zolarini ov quroli bilan otganini aytgan.

Ushbu hodisaga qashshoqlik va oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri aholi orasida qashshoqlik yuqori ko‘rsatkichga yetgani ta’kidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari