Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sadir Japarov Qirg‘iziston xalqini Navro‘z bilan tabriklash chog‘ida mamlakatning zaxiradagi oltinlari nimaga sarflanishi haqida maʼlumot berdi

Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, budjetni to‘ldirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda, hokimiyat tarmoqlarining birgalikdagi muvofiqlashuvi mustaqil Qirg‘iziston tarixida hech qachon kuzatilmagan oltin zaxiralarini to‘plash imkonini berdi.

“Budjetni to‘ldirish bo‘yicha ishlar bilan bir qatorda hokimiyat tarmoqlarining birgalikdagi muvofiqlashuvi mustaqil Qirg‘izistonning butun tarixida bo‘lmagan bunday hajmdagi oltin zaxiralarini to‘plash imkonini berdi. Biz ularni kutilmagan holatlar uchun strategik zaxira sifatida saqlaymiz”, — dedi prezident.

“Qumtor” konida qazib olingan oltindan foydalanish holatini tekshirish bo‘yicha deputatlik komissiyasi bir necha kun avval o‘z faoliyati haqida hisobot berdi. Unga asosan, hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan. Komissiya raisi Arslanbek Maliyevning so‘zlariga ko‘ra, Milliy bank omborxonasida 43 tonna 444 kilogramm 13 gramm oltin bor. Yana 1362 kilogramm oltin Qirg‘iziston Milliy bankining kontragentida — Shveysariya bankida saqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Jon Uik” mualliflari franshizaning beshinchi qismi ustida ish boshlanganini e’lon qildi
Sport
U-20 JCH—2023 chorak finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta tijorat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi mumkin