Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlar natijasida yetti partiyadan oltitasi, jumladan, eng yirik Amanat partiyasi besh foizlik dovondan oshib o‘tdi va Qozog‘iston parlamenti Majlisiga (quyi palatasiga) kirdi. Bu haqda 20-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov ma’lum qildi.

Foto: Baige News

Saylovda, xususan:

  • Amanat 53,9 foiz ovoz oldi;
  • Qozog‘iston Xalq partiyasi – 6,8 foiz,
  • Qozog‘istonning “Aq-Jol” Demokratik partiyasi (Yorqin yo‘l) – 8,41 foiz;
  • Xalq demokratik vatanparvar partiyasi Auil (Ovul) — 10,9 foiz;
  • Respublika partiyasi — 6,59 foiz;
  • Muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyasi 5,2 foiz ovoz oldi.

Qozog‘iston Yashillar partiyasi “Baytak” 2,3 foiz ovoz olib, belgilangan chiziqdan o‘ta olmadi. Bundan tashqari, respondentlarning 3,9 foizi “hamma partiyalarga qarshi” variantini tanlagan.

Respublikada parlament quyi palatasiga muddatidan oldin saylovlar aralash tizim bo‘yicha tashkil etiladi: deputatlarning 70 foizi partiya ro‘yxati bo‘yicha, 30 foizi bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi