• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Haydovchilikni ‘botinka’ avtobusda boshlaganman”. Aktyor Ulug‘bek Muhammadkarimov 35 yildan buyon taksichilik qilishi haqida gapirib berdi (video)

    O‘zbek kino olamida asosan salbiy qahramonlarning mahoratli ijrochisi sifatida tanilgan aktyor Ulug‘bek Muhammadkarimov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

    Haydovchilikni “botinka” avtobusda boshlaganman

    — Mashinaga o‘tirganimdan boshlab taksichilik qilaman. Ilgari mahallamizning yonida Toshkent avtostansiyasi bo‘lardi. O‘sha avtostansiyaga kelgan yo‘lovchilarni olib, shaharga tarqatar edik. O‘sha vaqtda asosan toshkentliklar taksichilik qilardi, chunki taksichi shaharni yaxshi bilishi kerak bo‘lgan.

    Mashina haydashni avtobus minib o‘rganganman. ‘Botinka’ avtobus deyilardi, o‘shanaqa avtobusda haydovchilikni o‘rganganmiz. Menga haydovchilikni o‘rgatayotgan haydovchining o‘zi ham kira qilardi. O‘sha ustozim “Hech qachon mashinada bo‘sh yurmagin, yo‘lingdan chiqqan yo‘lovchini tekinga bo‘lsa ham manziliga eltib qo‘y, u yo‘lingda hamsuhbat, hamdard ham bo‘lib qolishi mumkin”, deb o‘rgatardilar. 18 yoshimdan taksichiman, taksichilik qilayotganimga 35 yildan oshdi.

    Foto: “Daryo”

    Matiz’ga mijozning o‘zi keladi

    — Aynan Matiz’da taksichilik qilishimning sababi bunga mijozning o‘zi keladi. Odamlarning miyasida, tushunchasida Matiz’ni ko‘rishsa “ha, bu taksi”, degan fikr o‘rnashib qolgan. O‘zim ham piyoda bo‘lib qolsam, taksi ushlayotganimda Matiz qidiraman. Endi Cobalt, Spark va Nexia taksi qiladimi yo‘qmi bilmaysiz, bir xillariga borib “oka, yurasizmi”, desangiz ensasi qotib, “men taksichimasman”, deyishadi. Bundan avvalgi mashinam Spark edi, unga ham “shaxmat” qo‘yib, litsenziyalarimni qilib yurardim. Lekin unga xaridorlar kam edi. Matiz’ga esa xaridor ko‘p. Ham bu Matiz’ning Best turi, to‘rt kishi minsa ham bemalol ko‘taradi, yaxshi yuradi, qiynalib qolmaydi.

    Ko‘chada yurganingizda mashinangizga har xil odam chiqadi. Odamlar bilan hech qachon zerikmaysiz. Siz meni “aktyor deb, aktyordan intervyu olaman deb kelgansiz”, lekin ko‘rdingizki, hunarim, tirikchiligim umuman boshqa.

    “Seryozniyroq” mashinada yursam ko‘p tekshirishadi

    Hozir Nazarbekda yashayman, bu yerga ko‘chganimdan so‘ng aniq tushundimki, menga Matiz kerak. Chunki postdan “seryozniyroq” mashinada o‘tsangiz GAI xodimlari aniq mashinangizni to‘xtatadi, tekshiradi, asabiylashasiz, ancha vaqtingiz ketadi. Matizni esa taksi deb o‘ylab, tez o‘tkazib yuborishadi. Ayniqsa, karantinda hamma joyga blokpostlar qo‘yib tashlangan vaqtda men bemalol o‘tib, qiyinchiliklarsiz ishimni qilib yurdim.

    Kirakash va taksichining farqi bor

    — Gaz bilan muammo bo‘lgan vaqtlarida ko‘p taksichilar ko‘chaga chiqmaydi. Chunki benzinda taksichilik qilish o‘zi oqlamaydi. Ba’zi bir odamlarning asosiy ish joyi boshqa bo‘ladi-yu, ishdan bo‘sh vaqtlarida yo‘l-yo‘lakay yo‘lovchilarni manziliga eltishadi. Ularni kirakash deyishadi. Bizga o‘xshagan odamlar esa hamma hujjatlarni to‘g‘rilab, litsenziya va “shaxmat”larni joy-joyiga qo‘yib, keyin taksichilik qilamiz. Va bunday insonlarni haqiqiy taksichi desa bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” 

    Quloqni yeydiganlarga qulog‘imni kesib beraman

    — Yaqinda tarixiy filmga suratga tushish kerak. Soqollarim o‘sganini ko‘rib, uncha-muncha xaridorlar qo‘rqadi, “nima bu soqolli vahobiymi”, deyishadi. Lekin Matiz ustidagi shaxmatni ko‘rib, ha rostan ham taksichi ekan deydi.

    Yo‘ldagi ba’zi bir oliftalar taksi mashinani ko‘rsa, siqib o‘tadi, yo‘l bermaydi, o‘zini ko‘rsatadi. Shunaqa befarosat odamlar bor. Bunaqalarga o‘rganib ketganman, xijolat bo‘lmayman. Taksichi sifatida bir kunda eng kamida 30 ta xaridorga xizmat ko‘rsataman. Ularning barchasi har xil xarakterli insonlar bo‘lishadi. Bir xil yo‘lovchilar ko‘p gapirib quloqni yeb yuborishadi, “Ukam, qulog‘imni kesib beraman, nariroqda gapirib turaqol, men ishlashim kerak”, deyman. Restoranlarni oldida “alkash”lar ko‘p chiqadi, ularni ham manziliga olib borib qo‘yamiz.

    Ko‘pincha yo‘lovchilarning buyumlari qolib ketadi. Bir kuni bir rus kampirni notbuki qolib ketgan ekan. Bir amallab u kampirning uyini qidirib, topib, kompyuterini olib borib berganman.

    Yo‘lovchilar orasida mashinani iflos qilib ketadigani, o‘zi bilan olib kirgan paket, baklajka, pista po‘choqlarini tashlab ketadiganlari yoki somsa yeb, mashinani hidga to‘ldiradiganlari bor. Bunaqa farosatsizlik qilishmasa yaxshi bo‘lardi.

    Taksichilik qilishidan uyaladiganlar bor

    — Ba’zi bir insonlar o‘zi doim taksichilik qiladi-yu, lekin bundan uyalib, bu vaqtincha ishim, deyishadi. Shu ishni qilyapsanmi, qilayotgan halol ishingdan hech qachon uyalma. Shu yoshimgacha nechta joyda ishlaganman. Bozorda shirinlik, sigaret sotganman. O‘sha vaqtda institutda o‘qituvchilik qilayotgan ustozlarning latta-putta sotib o‘tirganini ko‘rganman — tirikchilikning aybi yo‘q. Hozirgi yoshlarning tushunchasiga hayron qolaman. Bolaligimizda Toshkentda gaz ham, “svet” ham bo‘lmagan, lekin biz sarosimaga tushmaganmiz. Hozir bir kuni “svet” bo‘lmay qolsa, yoshlar vahima qiladi. Qoyil qolmayman ularga.

    Batafsil reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    20.03.2023, 11:54   Izoh (0)   13479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Go‘zalligi va iste’dodi bilan hind kinosini zabt etayotgan aktrisa, Saif Ali Xonning qizi Sara Ali Xon haqida qiziqarli ma’lumotlar

    19.03.2023, 19:49

    Ustasiga farqi yo‘q: har qanday rolni qoyilmaqom tarzda ijro etadigan aktyor va aktrisalar

    19.03.2023, 11:50

    Instagram: Litsenziyasini qaytarib olgan Kaniza, otasiga 42 ming dollarlik mashina sovg‘a qilgan Ahad Qayum, Dili.me’ning oilaviy muammosiga aralashmaslikka chorla...

    18.03.2023, 22:16

    “Bankrot bo‘lgan “paynetchi”dan armiyadagi “barabanchilikkacha”. Instagram yulduziga aylangan Bobur Mansurov bilan suhbat (video)

    18.03.2023, 19:46

    Faqat Farhod Mannopov emas: 30 yoshga ham to‘lmay vafot etgan o‘zbek shou-biznesi yulduzlari   

    18.03.2023, 11:53

    Instagram: O‘z kuyovini kaltaklagan Dili.me, Farhod Mannopov xotirasiga bag‘ishlangan graffiti, Shahlo Alijonovaga Tracker sovg‘a qilishdi

    17.03.2023, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.