Shimoliy Koreyada bir sutkada 800 000 ga yaqin yoshlar “AQSH imperialistlari va ularning sotqin qo‘g‘irchoqlarini yo‘q qilish”, shuningdek, Koreya yarimorolini birlashtirish uchun vatanparvarlik qatʼiyatining belgisi sifatida ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga qo‘shilishga ariza berdi. Bu haqda Shimoliy KoreyaningRodong Sinmun gazetasi yozmoqda.
“Jamlangan maʼlumotlarga ko‘ra, 17-mart kuni butun mamlakat bo‘ylab atigi bir kun ichida yoshlar ittifoqi aʼzolaridan 800 mingga yaqini Koreya Xalq armiyasi safiga qo‘shilish yoki qaytarilishni qatʼiy so‘ragan”, — deb yozadi gazeta. Jurnalistlarning qayd etishicha, KXDRning barcha hududlarida bunday ko‘ngillilar soni o‘sishda davom etmoqda. Respublikada harbiy xizmatga chaqirish tizimi mavjud bo‘lib, barcha erkaklar kamida 10 yil, ayollar kamida uch yil harbiy xizmatni o‘tashi shart.
“AQSH imperialistlari va ularning xoin qo‘g‘irchoqlarining yadro urushini qo‘zg‘atishga qaratilgan fitnalari shunday chegaraga yetdiki, ularni endi eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: ular vatanimiz suvereniteti va uning xavfsizlik manfaatlariga qo‘pol ravishda tajovuz qilmoqda, bu fitnalar o‘z agressiyasi va ko‘lami bo‘yicha misli ko‘rilmagan”, — deb ta’kidlaydi gazeta.
13-mart kuni Janubiy Koreya va AQSH keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bu manyovrlarni KXDRga qarshi harbiy provokatsiya deb atadi. Ularga javoban KXDR bir necha bor ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyan “yadroviy qurolga yadroviy qurol bilan” javob berishini ta’kidladi.
Izoh (0)