• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bankrot bo‘lgan “paynetchi”dan armiyadagi “barabanchilikkacha”. Instagram yulduziga aylangan Bobur Mansurov bilan suhbat (video)

    Instagram olamida bir million kuzatuvchiga ega aktyor, viner Bobur Mansurov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

    Suhbat davomida Bobur Mansurov san’at institutiga juda kech kirgani sababi, omadsizlikka uchragan ishlari haqida gapirib berdi

    — Biror ish qilay, pul topay deb ikki yil universitetga topshirolmadim. Gulistonda choyxonamiz bo‘lardi, dadam u yerda shashlik pishirib sotardilar, men dadamga shashlik tayyorlash ishlarida yordam berardim. Keyinchalik kichikroq bir paynet ochaman dedim. O‘sha paytlari paynetlar avjiga chiqqan va MTS yaxshi pul to‘laydi deyishardi. Firma qilib, paynet ochganman. Keyin MTS yopilib ketdi, biznescham bankrot bo‘lgan, xullas qo‘limdan kelmagan.

    Foto: “Daryo” 

    Keyin institutga topshirishga qaror qildim va san’at institutiga topshirdim. Ko‘pchilik “Pulini bermasang ijodiydan yiqitadi” deb aytishgan. “Unaqa bo‘lmaydi” deb birinchi yil imtihon topshirganman, ballarni ko‘rish uchun borsam, ijodiy imtihondan 13 ball olibman, 75 baldan 13 ball qo‘yishibdi. Umuman kutmagandim, ko‘ngil uchun aytishganmi, bilmadim, rosa maqtab chiqarib yuborishgan edi. Baholash mezoni bilan tanishib chiqdim, har bir detalga 5 baldan berilganda 75 chiqadi, bo‘y, ovoz va hokazo. “Menga 1 balldan qo‘yishdimi deb hayron bo‘lyapman. Xullas o‘qishdan yiqildim, kirolmadim.

    Keyingi yili yana topshirdim, bu safar 8 ball qo‘yishdi. Keyin o‘yladim, demak odamlarning gapi tog‘ri ekan, o‘qishga kirish qiyin, faqat tanish-bilish bo‘larkan-da, deb umuman san’atdan ko‘nglim qoldi. Qaytib kelmayman shu institutga dedim.

    “Harbiylikka qiziqqanim uchun bittasi qo‘riqchilikka ishga joylashtirib qo‘ygan”

    — Harbiy bo‘lishga qaror qildim, armiyaga ketishga harakatni boshladim. Armiyaga ham birinchi yili borolmaganman, “qon bosiming bor ekan”, deb o‘tkazishmagan. Aslida qon bosimim yo‘q edi, u yerda ham tanish-bilishchilik bor ekan. Xullas, armiyaga ketolmadim, sochimni kal qilib oldirib qo‘yganman, hammaga “armiyaga ketyapman” deb aytib qo‘yganman, hamma “Sen qachon ketasan” deb so‘rab qo‘yadi. Oxirgisida yig‘lab oyogiga yopishib olganman, “Olib ketmasangiz bo‘lmaydi” deganimda, “Yo‘q, qon bosim bilan to‘g‘ri kelmaydi” degan. Xullas o‘sha yili armiyaga ham bora olmaganman.

    Foto: “Daryo” 

    Harbiylikka qiziqqanim uchun bittasi qo‘riqchilikka ishga joylashtirib qo‘ygan. To‘ytepaga ketishda, Qorasuvda katta paxta zavodida qo‘riqchi bo‘lib ishlaganman. Zo‘r ishlaganman, rosa o‘zimni ko‘rsatganman. O‘g‘irliklar bo‘lardi, men hammasini ushlardim. Yosh bola bo‘lganman, lekin o‘g‘irlik bo‘lsa qo‘rqmasdan ushlardim. “Sening kiming bor, nega hech kimdan qo‘rqmaysan” deyishardi. “Nega o‘g‘irlaydi? Qo‘ymayman” derdim. Ko‘p jangari kinolar ko‘rardim, keyin zavodda hamma narsaga sinchiklab qarab yurardim, “hozir shu yerda o‘g‘rilik bo‘lsa kerak”, degan shubha bo‘lardi va rostdan o‘g‘rilarni ushlardim.

    “O‘shanda ham armiyaga ketishimga menga san’at yordam bergan”

    — Keyin meni Toshkent shahriga, Pushkin metrosi yaqinida joylashgan toza, yaxshi binoga olib kelishdi, men shu yerda qo‘riqchilik qilishni boshladim. Oradan vaqt o‘tib, keyingi armiyaga hujjat topshirish davri yaqinlashdi. Bordim, hamma joyim sog‘lom chiqdi. Umuman kutilmagan ish sodir bo‘lgan. Men Farg‘onada desantchilikka borishni xohlab yurardim, Milliy gvardiyaga bo‘yim yetmasdi. Keyin meni o‘sha Farg‘onadagi xizmat xodimi yoniga chaqirdi, “Sen menga yur. San’atda o‘qiganmisan?” dedi. “Ha” deya javob berdim. “Birorta she’rmi monologmi aytib ber” dedi. Onegin monologini bilardim, aytib berganman. “Bo‘ldi. Men bilan ketasan” degan. O‘shanda ham armiyaga ketishimga menga san’at yordam bergan.

    Harbiy xizmatga bordim. Meni olib ketgan odam o‘sha harbiy qismdagi madaniyat bo‘limi rahbari ekan. “Sen mening askarim bo‘lasan, shu yerda yurgin. Baraban chalishni bilasanmi?” dedi. “Yo‘q, bilmayman” dedim. “Chalasan, o‘rgan” dedi. “Bo‘pti” deb qiziqishda o‘rganishni boshladim. Ba’zida “nega yana san’atga aralashyapman”, degan savol ham paydo bo‘lardi. Xullas, baraban chalishni o‘rgandim. Armiyada meni naryadlarga kam qo‘yardi, chunki men baraban chalishga chiqib turishim kerak. Komandirlarimga “Agar naryadga qo‘ysang, o‘zing chalasan” deb aytgan.

    Saf o‘tganda men baraban chalib turardim. “Nimaga bu naryadga tushmaydi” deb hamma soldatlar meni yomon ko‘rardi. Keyin unga naryadga men ham tushishim kerakligini, soldatlarga yordam berishim kerakligimni tushuntirdim. Xo‘p deyishdi, keyin naryadlarga ham tushdim, posbon ham bo‘ldim, hammasida turdim.

    Foto: “Daryo”

    Okrugda “QVZ” o‘tkaziladigan bo‘ldi, menga qatnashishim kerakligini, jamoa tuzib rejissorlik qilishimni aytishdi. O‘shanda butun vodiy bo‘yicha o‘tkazilgan, biz ikkinchi o‘rinni olganmiz.

    “Akamga hujjatlarimda kamchilik bor ekan, ertaga topshiraman deb bahona qildim va ertasi kuni san’atga borib hujjat topshirdim”

    — Harbiylikka qolish uchun harakat qilib, testlar topshirib yurgan paytim, ketishimga oz qolgan, Navoiyxonlik musobaqasi o‘tkazilishi kerak ekan. Shunga qatnashishimni, agar yutolmasam, harbiy imtiyozdan quruq qolishimni ta’kidlashdi. Yutsam harbiy imtiyoz beriladi. Imtiyozni olib harbiy o‘quv yurtlariga topshirib, faoliyatimni harbiylikda davom ettirishni rejalashtirayotgandim. Uxlamasdan tayyorlanib, birinchi o‘rinni olganmiz. Televizor olib kelganmiz, haliyam mening nomimda turibdi. O‘zimning balim ham yetgan, lekin rostan ham menga imtiyoz berishdi. Ular so‘zining ustidan chiqishdi.

    Armiyadan imtiyozni olib keldim. Akam “Sen san’atga topshirmaysan. Navoiyga konchilikka yoki neft-gazga topshir. Jiddiy ish bilan shug‘ullan. Nima qilasan san’atni? Shuncha qiynalib kelib, yana san’atga topshirasanmi?” dedi. “Bo‘pti” deb Jahon tillari universitetiga bordim. Boryapman, lekin hujjatimni topshirgim kelmayapti. Nimadir yo‘l qo‘ymayapti. Akamga hujjatlarimda kamchilik bor ekan, ertaga topshiraman deb bahona qildim va ertasi kuni san’atga borib hujjat topshirdim.

    Armiyaga ketishimga ham san’at yordam berdi, u yerdan imtiyoz olishimga ham san’atning ko‘magi bo‘ldi. Nimadir tortdi. “Bor-e deb”, baribir san’atga topshirdim. Ikki-uch kun o‘tib uydagilarga aytdim, ular urishishdi, “Senga gap ta’sir qilmas ekan, shuncha yil topshirding, ko‘rding, bo‘lmadi-ku” deyishdi. 

    Imtihonga kirdim, ijodiyning javobi chiqdi, bu safar ijodiy imtihonga 5 ball qo‘yilgan. Keyin o‘zimga o‘zim savol berdim: “Nima bo‘lyapti? Men shunchalik qobiliyatsizmanmi? Nogironmanmi yoki?”. Jirttak bolachalar 75 ball deb yugurib chiqib ketishyapti. Nima bo‘layotganiga hayronman. Uydagilarga aytsam, “O‘l, battar bo‘l” deyishdi. Keyin “nima bo‘lsa bo‘ldi”, deb testga kirdim, yaxshi yechdim, grant bo‘lishimga 4  ball yetmay qoldi. Lekin armiyaga borganim o‘shanda ish berganda, kontraktning bir qismini “Kamolot” to‘lab berardi.

    Ma’lumot uchun, Bobur Mansurov 1992-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida dunyoga kelgan. O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. Rejissor sifatida 60 qismdan iborat “Orzular palatasi” deb nomlangan serialni suratga olgan. Bugungi kunda Instagram tarmog‘ida 1 milliondan ortiq kuzatuvchisi bor.

    Batafsil reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    18.03.2023, 19:46   Izoh (0)   14763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Faqat Farhod Mannopov emas: 30 yoshga ham to‘lmay vafot etgan o‘zbek shou-biznesi yulduzlari   

    18.03.2023, 11:53

    Instagram: O‘z kuyovini kaltaklagan Dili.me, Farhod Mannopov xotirasiga bag‘ishlangan graffiti, Shahlo Alijonovaga Tracker sovg‘a qilishdi

    17.03.2023, 22:30

    Amerikaga qayiqda suzib kelgan, 13 yoshida yulduzga aylangan bo‘lsa-da, 50 yoshida “Oskar-2023” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor — Ke Xyui Kuan haqida

    17.03.2023, 19:38

    Mashhur aktyor bilan qarindoshlari ham bitta filmda rol o‘ynagan, ammo siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    17.03.2023, 13:37

    “O‘g‘lingiz ichib olgan, mashinada qizlar bo‘lgan ham deyishdi” — Jamila Oripova o‘g‘li Mo‘min Oripovning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi (video)

    17.03.2023, 09:33

    Instagram: Umidaxon xonadonida to‘y, “qoshsiz qolgan” Maryam Tillayeva, 1 millionlik dovonga yetgan Bobur Mansurov

    16.03.2023, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.