Buyuk Britaniyaning The Economist nashri Rossiyaga geosiyosiy yaqin bo‘lgan davlatlar reytingini tuzdi.
Reytingni tuzishda diplomatik, harbiy, energetika va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash omillariga e’tibor qaratilgan. Diplomatik yo‘nalishda mazkur davlatlar Rossiyaga qarshi BMTning asosiy rezolyutsiyalarida betaraf qolgani yoki bu rezolyutsiyalar uchun kamida ikki marta Rossiya bilan bir xil ovoz bergani inobatga olingan.
Harbiy sohada esa quyidagi savollar reytingni tuzishda yordam bergan:
- Bu davlatlar Rossiya bilan ittifoqchilik shartnomalariga egami?
- Ularning hududida rus qo‘shinlari yoki yollanma askarlar bormi?
- Urush boshlanganidan beri ular Rossiyaga qurol yetkazib berganmi?
- Ular Rossiya qurollariga bog‘lanib qolganmi?
- Ular urush boshlanganidan beri Rossiya bilan manyovr amalga oshiryaptimi?
Uchinchisi energetika va iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi savollarga javob asosida reytingni shakllantirishga hissa qo‘shgan:
- Ular Rossiya gaziga tayanadimi va Rossiya atom elektr stansiyalari yoki texnologiyasiga bog‘liqmi?
- Rossiya bilan savdo ularning umumiy savdosining katta ulushini tashkil qiladimi?
- Urushdan keyin Rossiyaga eksport oshdimi?
The Economist shu tariqa Rossiyaga do‘st 12 ta davlatning reytingini tuzdi va ular quyidagilar:
- Belarus
- Armaniston
- Qirg‘iziston
- Eron
- Tojikiston
- Qozog‘iston
- Suriya
- Xitoy
- Venesuela
- Nikaragua
- Hindiston
- O‘zbekiston.
Izoh (0)