Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) inspektorlari Liviya poligonlaridan birida 2,5 tonna atrofidagi tabiiy uran izsiz g‘oyib bo‘lganini aniqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
MAGATE rahbari Rafael Grossi tashkilotga a’zo mamlakatlarga uran saqlanadigan joyda uning bir bochkasi ham topilmaganini aytdi. Ular qayerga ketgani noma’lum.
Uran hozir Liviya hukumatining nazoratida bo‘lmagan obyektdan yo‘qolgan. Uran saqlanadigan joyni tekshirish 2022-yilga mo‘ljallangan edi, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan u qoldirilgandi. Tekshiruv 14-mart kuni o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida MAGATE inspektorlari avval Liviya tomonidan e’lon qilingan UOC (uran rudasi konsentrati) shaklidagi taxminan 2,5 tonna tabiiy uran bo‘lgan 10 ta bochka joyida yo‘qligini aniqladi. MAGATE “yadroviy modda qanday yo‘qolgani va hozir qayerda ekanini aniqlash” niyatida.
Liviya 2003-yilda yadroviy qurol dasturidan voz kechgan. Muammar Qaddafiy vafotidan keyin mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda. Liviyada qo‘sh hokimiyat mavjud.
Izoh (0)