Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 16-mart, payshanba kuni start oldi.

Birinchi kungi bahslarda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi.
Dastlab -52 kg vazn toifasida Feruza Kazakova Janubiy Koreya vakili Junhyung Junga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
-57 kg vazn toifasida Mahliyo Habibullayeva avstraliyalik Tina Rahimiga qarshi ringga ko‘tarildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)